fbpx
Olma solib pishirilgan karamelli pirog

Olma solib pishirilgan karamelli pirog

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • karamelli asosiga

Yo’nalishlar

Nozik, ajoyib darajada mazali, noodatiy shirinlik! Olma yemaydiganlar ham ushbu pirogga munosib baho berishadi.

Quyosh tafti va issiqligini yetkazib bera oluvchi ajoyib pirog!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
280 gramm un
180 gramm yumshatilgan sariyog'
150 gramm shakar
2 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
karamelli asosiga
200 gramm sut
180 gramm shakar
130 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 ta tuxum sarig'i
20 gramm un
1 ta olma
Qadam 1
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog'ni shakar bilan mikserning o'rtacha tezligida krem holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum solib, yaxshilab aralashtiramiz. Un, qabartma, tuz solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, muzxonaga 30 daqiqaga yoki muzlatgichga 3 soatga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Karamelli asos:

Tagi qalin idishda shakarni sarg'ish rangga kelgunicha qaynatamiz. Boshqa idishda qaymoqni qaynash holatiga olib, kelamiz. So'ngra qaymoqni karamelga qo'shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda un, tuxum sarig'i va sutni aralashtiramiz. Tuxum sarig'ili massani karamelga qo'shib, olovga qaytaramiz va asosni 80 C gacha qizdiramiz. Massa smetanaga o'xshagan bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Po'stidan tozalangan olmani bo'laklarga bo'lamiz. Sovugan xamirni halqaga (qolipga) qo'yamiz va balandligi 4 sm bo'lgan tomonlarni (bo'rtiklarni) hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirga olmalarni solib, ustidan karamelli kremni quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 120 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
280 gramm un
180 gramm yumshatilgan sariyog'
150 gramm shakar
2 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
karamelli asosiga
200 gramm sut
180 gramm shakar
130 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 ta tuxum sarig'i
20 gramm un
1 ta olma
oldingi
Videoretsept: frikadelkali oddiy pirog
keyingi
Videoretsept: «Atirgul» pechenyelari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.