Videoretsept: bolalar uchun tvorogli rogaliklar
Masalliqlar:
-
300 gramm tvorog
-
100 gramm sariyog'
-
30 gramm shakar
-
180-190 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Tvorogli rogaliklar bolalar va kattalar orasida juda mashhur. Ushbu retsept bo’yicha ular juda mazali, yumshoq va qizarib pishadi.
Retsept juda osonligi tufayli bunday rogaliklarni hatto-ki tajribasiz pazandalar ham tayyorlay olishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm tvorog | |
100 gramm sariyog' | |
30 gramm shakar | |
180-190 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |
Idishda tvorog, yumshagan sariyog', vanil shakari va tuzni lopata yordamida yxshilab aralashtiramiz.
Qabartma bilan aralashtirilgan unni solib, xamir qoramiz.
Xamirni ikkiga bo'lib, 30-40 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Sovugan xamirni 2-3 mm qalinlikdagi dumaloq shaklida yoyamiz. Ustiga shakar sepib, shakar xamirga kirishi uchun o'qlov yordamida ozroq yoyamiz.
So'ngra dumaloqni bo'laklarga bo'lib, rogaliklar hosil qilamiz.
Har bir rogalikni shakarga botirib olib, gaz pechi patnisiga joylashtirib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qizarib pishgunicha yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)
Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz
Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
300 gramm tvorog | |
100 gramm sariyog' | |
30 gramm shakar | |
180-190 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |