Turshak qo’shib pishirilgan apelsinli keks
Masalliqlar:
-
180 gramm margarin yoki sariyog'
-
150 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
1 osh qoshiq apelsin sharbati
-
1 ta apelsin sedrasi
-
250 gramm un
-
120 millilitr sut
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
120 gramm turshak
Yo’nalishlar
Ushbu oson tayyorlanadigan mazali va xushbo’y keks – oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao bo’la oladi.
Keksning yorqin rangi esa sizning kayfiyatingizni ko’tarib, energiya bilan to’ldiradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 21 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm margarin yoki sariyog' | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq apelsin sharbati | |
1 ta apelsin sedrasi | |
250 gramm un | |
120 millilitr sut | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
120 gramm turshak |
Sariyog'ni shakar bilan kremga o'xshash konsistensiyaga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Eslatma: barcha mahsulotlar xona haroratida bo'lishi kerak.
Bittadan tuxum solib, har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtiramiz.
Xamirga apelsin sedrasini solib, sharbatini siqamiz va yana ko'pirtiramiz.
Unni yarimini tuz va qabartma bilan elakdan o'tkazib solamiz. Aralashtiramiz.
Sut solib, aralashtiramiz.
Qolgan unni solib, xamir bir xil bo'lgunicha aralashtiramiz, ammo ko'p aralashtirib turmaymiz.
Turshakni mayda to'g'rab, xamirga solamiz.
Aralashtiramiz. Yog'langan yoki pergament qog'ozi bilan qoplangan 10 ga 20 smli qolipga xamirni quyamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.
Masalliqlar:
180 gramm margarin yoki sariyog' | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq apelsin sharbati | |
1 ta apelsin sedrasi | |
250 gramm un | |
120 millilitr sut | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
120 gramm turshak |