fbpx
Non-palov

Non-palov

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun o’zbekcha to’yimli taom – non-kabob yoki non-jarkopni qanday tayyorlashni o’rgatamiz. Ushbu taom juda mazali va xushbo’y bo’lib chiqadi.

O’zbek xalqi azaldan nonga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lgan va mazali taomlar to’g’risida ko’p narsalarni bilgan, shuning uchun agar sizning nonlaringizning biroz suvi qochib qolgan bo’lsa, unda ushbu taomni tayyorlashning vaqti keldi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
300 gramm qizil sabzi
300 gramm kartoshka
150 gramm pomidor
200 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq pomidor qaylasi
1 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 ta oddiy obi non quritilgan bo'lsa ham bo'ladi
60 millilitr o'simlik yog'i
1,5 litr suv
bezak uchun istalgan ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Mol go'shti, sabzi, bulg'or qalampiri, pomidor va kartoshkani o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Piyozni yarim halqa shaklida to'g'raymiz. Sarimsoqpiyozni maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

O'simlik yog'ini qizdirib, go'shtni tilla rang bo'lgunicha tahminan 4-5 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'shtga piyoz solib, aralashtirib turgan holda 2-3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor pastasini solib, yana 2 daqiqa qovuramiz. So'ngra, sabzi, sarimsoqpiyoz va pomidorlarni solib, aralashtirib turgan holda yana 1-2 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra kartoshka, tuz, murch va zira solib, barchasini birgalikda 3 daqiqa pishiramiz va bulg'or qalampirini solamiz.

2-3 daqiqadan so'ng suv solib, qaynatamiz so'ngra o'rtacha olovda 45-50 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Jarkop tayyor bo'lganidan so'ng, nonni o'rtacha bo'laklarga bo'lib, qozonga solamiz va aralashtiramiz.

Taomni laganga solib, ko'katlar bilan bezaymiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
300 gramm qizil sabzi
300 gramm kartoshka
150 gramm pomidor
200 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq pomidor qaylasi
1 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 ta oddiy obi non quritilgan bo'lsa ham bo'ladi
60 millilitr o'simlik yog'i
1,5 litr suv
bezak uchun istalgan ko'katlar
oldingi
Videoretsept: yong’oqli pirog «Mishka»
keyingi
Pomidor va pishloqli fransuzcha tostlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.