fbpx
Shaftolili «Svetayevskiy» pirogi

Shaftolili «Svetayevskiy» pirogi

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

«Svetayevskiy» pirogi – bizga tanish bo’lgan eng oson tayyorlanadigan, mazali piroglardan biridir. Asosiga biz olma o’rniga shaftolilardan soldik.

Bir tasavvur qiling-a: shaftolilarning mazasi va ifori bilan to’yingan yupqa qumoq xamir va mayin smetanali krem. Albatta tayyorlab ko’ring! Mazasi og’zingizda qoladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
170 gramm un
100 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm smetana
bir chimdim tuz
asosiga
1 ta tuxum
120-150 gramm shakar
150 gramm smetana
500 gramm qattiq shaftoli
2 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Idishda un, tuz, eritilgan sariyog' va smetanani aralashtirib, xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni diametri 24-26 smli qolipga qo'lda bortiklar hosil qilib, yoyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qolipni muzxonaga olib, qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shaftolini danagidan ajratib, yupqa bo'laklarga bo'lamiz.

Muhim! Shaftolilar juda yumshoq bo'lmasligi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Ustiga quyish uchun tuxumni shakar va vanil shakari bilan ko'pirtirib, so'ngra smetana va un solamiz. Yana yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni muzxonadan olib, tagini sanchqi yordamida teshib chiqamiz. Doira bo'ylab, shaftolilarni terib, ustidan tuxum va smetanali aralashmani quyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz. Pirogni ham iliq, ham sovuq holida dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
170 gramm un
100 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm smetana
bir chimdim tuz
asosiga
1 ta tuxum
120-150 gramm shakar
150 gramm smetana
500 gramm qattiq shaftoli
2 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlangan kartoshkali kotletlar
keyingi
Videoretsept: qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.