fbpx
Nokli tart

Nokli tart

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xamirning yupqa qatlami shirin va sersuv nok uchun ideal asos bo’lib xizmat qiladi, bu uning lazzati va xushbo’yligidan to’liq zavqlanishingizga imkon beradi.

Juda mazali va mayin nokli tart hech kimni befarq qoldirmay, barchani stol atrofiga choy ichishga jamlaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm xamirturushli qatlama xamir
500 gramm nok
1 ta tuxum
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
100 gramm smetana
Qadam 1
Tugallandi

24 smli diametrga ega qolipni sariyog' bilan yog'laymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qatlama xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib, qolipga joylashtiramiz va sanchqi yordamida teshib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nokni parraklarga kesib, xamir ustiga doira bo'ylab ustma-ust qolip to'lgunicha terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz. Vanil shakari, smetana va kraxmal solamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Noklar ustidan suyuq aralashmani quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm xamirturushli qatlama xamir
500 gramm nok
1 ta tuxum
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
100 gramm smetana
oldingi
Videoretsept: olxo’rili pirog
keyingi
Videoretsept: «chizkeyk» asosiga ega maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.