fbpx
«Kun va tun» pechenyesi

«Kun va tun» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ha, ha bu o’sha yoshligimizdagi pechenyelar. Og’izda eriydigan, qumoq va juda juda mazali. Choy yoki sut bilan ayni muddao.

Tayyorlanishi ham, yeyilishi ham juda tez bo’lgani uchun oldindan ikkita portsiya tayyorlashingizni maslahat beramiz.  Agar ortib qolsa, usti yopiladigan konteynerda 10 kungacha bemalol saqlasa bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

2 ta tuxum
100 gramm sariyog'
130 gramm shakar upasi
250 gramm + 1 osh qoshiq un
1 osh qoshiq kakao kukuni
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Yumshagan sariyog'ni shakar upasi va vanil shakari bilan massa oqargunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bittadan tuxumlarni (xona haroratidagi) solib, tuz solamiz va yana mikser yordamida yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Massaga 250 gramm unni qabartma bilan elakdan o'tkazib solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra xamirni teng ikkiga bo'lamiz. Birinchi yarimiga yana 1 osh qoshiq un, ikkinchi yarimiga esa 1 osh qoshiq kakao solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

"Yopiq yulduz" nomli nasadkaga ega konditer qopchasining bir tarafiga vanilli xamir, ikkinchi tarafiga shokoladli xamirni quyamiz, yoki xamirlarni ikki xil konditer qopchasiga solib, qopchalar uchini kesib, ikkala qopchani bitta nasadkaga ulaymiz. Ana shunda qopchani ezib xamir quyganda ikki xil rangli pechenyelar xosil bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni istalgan shaklda qilishingiz mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida pechenyelar qizargunicha pishirib olamiz.

Pishish vaqti pechenyelar shakliga, kattaligiga va sizning gaz pechingizga bog'liq. 10 daqiqadan - 15 daqiqagacha.

Yoqimli ishtaha!

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
100 gramm sariyog'
130 gramm shakar upasi
250 gramm + 1 osh qoshiq un
1 osh qoshiq kakao kukuni
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Kartoshka va yashil no’xotli omlet
keyingi
Videoretsept: olxo’rili pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.