Videoretsept: asalli pirojniylar
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
70 gramm asal
-
150 gramm shakar
-
60 gramm sariyog'
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
400 gramm un
-
kremi uchun
-
400 gramm tvorogli pishloq
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
150 gramm shakar upasi
-
50 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
-
bezak uchun istalgan rezavor mevalar
Yo’nalishlar
Ushbu pirojniylar «mini-tortchalarga» o’xshaydi va bolalar uchun mo’ljallangan bayram dasturxonini ajoyib tarzda bezab turadi. Ular juda yorqin va bayramona ko’rinishga ega.
Pirojniylar juda tez tayyorlanadi va eng asosiysi korjlarni oldinroq pishirib olib, tortchalarni esa bayram oldi yig’ishingiz ham mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
70 gramm asal | |
150 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
400 gramm un | |
kremi uchun |
|
400 gramm tvorogli pishloq | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
150 gramm shakar upasi | |
50 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem | |
bezak uchun istalgan rezavor mevalar |
Xamirini tayyorlaymiz:
Sariyog', asal va shakarni idishga solib, gazga qo'yib, o'rtacha olovda suyulgunicha isitamiz.
Alohida idishda tuxumlarni sanchqi yordamida aralashtiramiz.
Aralashgan tuxumlarni asalli aralashmaga tez-tez aralashtirib turgan holda ingichka qilib quyamiz.
So'ngra soda solib, 1 daqiqa yaxshilab aralashtirib turib, keyin olovdan olamiz. Soda solinganda massa ko'piradi - bu normal holat.
Asalli massani bir-ikki daqiqa sovutib, so'ngra tuz bilan aralashtirilgan unni ozroqdan solamiz.
Xamir qoramiz.
Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Sovugan xamirni 3-4 bo'lakka bo'lib, har birini 3 mm qalinlikda yoyamiz va yoyilgan xamirlardan diametri 7-8 sm keladigan doirachalar kesib olamiz.
Doirachalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustini sanchqi yordamida teshib chiqamiz. 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 5 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor korjlarni gaz pechi panjarasiga qo'yib, sovutamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Katta idishga tvorogli pishloq va shakar upasini solib, mikser yordamida tvorogli pishloq bir xil bo'lgunicha 1-2 daqiqa ko'pirtiramiz.
So'ngra qaymoqni solib, massa quyilib, o'z shaklini ushlab turgunicha ko'pirtiramiz. Tayyor kremni konditer qopchasiga solamiz.
7-8 ta korjlarni patnis yoki biron-bir idish ustiga qo'yib, ko'r ustiga konditer qopchasi yordamida doira bo'ylab, krem quyib chiqamiz. Uning ustidan konditer qopchasi yordamida jemni ham quyamiz.
So'ngra krem ustiga ehtiyorkorlik bilan ikkinchi korjni qo'yib, ustidan yana krem va jemni quyamiz.
Ustidan 3 chi qavat korjni qo'yib krem va jem quyamiz va rezavor mevalar bilan bezatamiz.
Pirojniylarni xona haroratida 1 soatga qoldiramiz. So'ngra 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)
Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz
Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
70 gramm asal | |
150 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
400 gramm un | |
kremi uchun |
|
400 gramm tvorogli pishloq | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
150 gramm shakar upasi | |
50 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem | |
bezak uchun istalgan rezavor mevalar |