Olxo’rili krambl
Masalliqlar:
-
700 gramm katta hajmdagi olxo'ri
-
75 gramm sariyog'
-
80 gramm shakar
-
150 gramm un
Yo’nalishlar
Ko’proq asos, kamroq xamir istovchilar uchun ideal pishiriq retsepti. Ushbu shirinlikda shirin qumoq xamir – xushbo’y olxo’ri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Kramblning mashhurligi uning oddiyligi va tez tayyorlanishi tufayli desak mubolag’a bo’lmaydi. Barchasi chindan ham juda oson: mevalarni joylashtirib, ustidan qumoq xamir sepamiz holos.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 13 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
700 gramm katta hajmdagi olxo'ri | |
75 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
150 gramm un |
Olxo'rini yuvib, danagidan ajratamiz va ikkiga bo'lamiz. Agar olxo'rilar juda katta bo'lsa, 4 ga bo'lsa ham bo'ladi.
Olxo'rilarga shakar solib, yaxshilab aralashtiramiz. Chetga olib qo'yamiz.
Unni sovuq sariyog' bilan qumoq holatiga keltiramiz.
Qolipga sariyog' suritib, olxo'rilarni joylashtiramiz.
Tayyor bo'lgan kramblni muzqaymoq bilan dasturxonga tortishni maslahat beramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
700 gramm katta hajmdagi olxo'ri | |
75 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
150 gramm un |