fbpx
Videoretsept: karamli pirojkalar

Videoretsept: karamli pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Asosi uchun

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlangan karamli issiq pirojkalar, non o’rnini bemalol bosa oladi. Chunki pirojkalar sho’rva, borsh va ikkinchi taomlar bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Bizning retsept ko’magida sizda doimo yumshoq va do’mboq pirojkalar hosil bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 13 000 so’m. **

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
550 gramm un
10 gramm quruq xamirturush
35 gramm shakar
300 millilitr iliq suv
60 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
1 choy qoshiq tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Asosi uchun
700 gramm karam
150 gramm sabzi
100 gramm piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
hoxushga qarab ko'kat va sarimsoqpiyoz
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga 50 gramm un, xamirturush va shakar solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq suv solib aralashtiramiz, ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

15 daqiqadan so'ng hajmi oshgan xamirturushli massaga eritilgan sariyog'ni quyib, tuz sepamiz va ehtiyokorlik bilan aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan un solib, xamir qoramiz. Avval idishda, so'ngra stolga un sepib, xamirni stol ustida qoramiz. Xamir qo'l va stolga yopishmaydigan konsistensiyada bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Idishga ozroq o'simlik yog'i suritib, xamirni qo'yamiz va ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Chuqur tovaga o'simlik yog'i quyib, qizdiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga ingichka yarim halqa shaklida to'g'ralgan piyozni solamiz. O'rtacha olovda yumshagunicha qovuramiz. MUHIM piyoz qizarmasligi va kuyib ketmasligi kerak. Aks holda piyoz asosga achchiq ta'm beradi.

Qadam 8
Tugallandi

Piyozga qirg'ichdan o'tkazilgan sabzini solamiz. Barchasini birgalikda 5 daqiqa pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Karamni mayda qilib to'g'rab, sabzi va piyozli tovaga solamiz. Tuz va murch sepib, qopqog'ini yopamiz. O'rtacha olovda 7-8 daqiqa yumshagunicha pishiramiz. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turamiz. Tayyor bo'lgan asosni sovutamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Oshgan xamirni 14-16 ta bo'laklarga bo'lamiz va ularni dumaloqlaymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir bo'lakni 0,3-0,5 sm qalinlikda yoyamiz. Xamir o'rtasiga 1,-1,5 osh qoshiq asos solib, pirojkalar tugamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirojkalarni gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtiramiz. Ustiga tuxum sarig'ini surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Gaz pechiga yuborishdan oldin pirojkalarni 15 daqiqaga oshishi uchun qoldiramiz.

175-180 C. darajada qizdirilgan Gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz. Pirojkalar pishganini ular qizarganidan bilib olishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 14
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
550 gramm un
10 gramm quruq xamirturush
35 gramm shakar
300 millilitr iliq suv
60 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
1 choy qoshiq tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Asosi uchun
700 gramm karam
150 gramm sabzi
100 gramm piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
hoxushga qarab ko'kat va sarimsoqpiyoz
oldingi
Videoretsept: shokoladli muss
keyingi
Gaz pechida pishirilgan gulkaram

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.