fbpx
Qovoqcha va tovuqli teftellardan kabob

Qovoqcha va tovuqli teftellardan kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qovoqcha va tovuqdan tayyorlangan ushbu kabobchalar juda mayin, sersuv va mazali bo’lib  pishadi.

Taomning tayyorlanish jarayoni ko’p vaqtni talab etmaydi, mazasi esa sizga yoqishi aniq.

Eslatma: kaboblar gaz pechida pishirilgani sababli parhez tutayotganlar uchun ham to’g’ri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qovoqcha
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
100 gramm piyoz
50 gramm istalgan pishloq
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq smetana
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtili qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan piyoz, mayda to'g'ralgan ko'kat va sarimsoqpiyozni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qiymaga tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qovoqchani qalinligi 1-1,5 sm keladigan doiracha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qo'lni namlab, qiymadan teftelchalar yasaymiz.

Teftellar soni doiracha shaklidagi qovoqchalarga teng bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Taxta tayoqchalarga qovoqcha bo'laklari va teftellarni navbatma-navbat tiqib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan kaboblarni idishga teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Smetanaga ozroq tuz va murch solib, aralashtiramiz.

Pishloqni qirg'ichning mayda tishidan o'tkazamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kaboblarga smetana surtib, pishloq sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 180 C
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qovoqcha
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
100 gramm piyoz
50 gramm istalgan pishloq
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq smetana
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Qahvali pirog
keyingi
Videoretsept: «Parmuda» somsasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.