fbpx
«Bir yosh uchun» kichkintoyga tort

«Bir yosh uchun» kichkintoyga tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yaqin orada kichkintoyingizning ilk tug’ilgan kunimi? Ammo ularga hali kattalar iste’mol qiladigan tort mumkin emas. Shuning uchun aynan bolalar uchun mo’ljallangan, kichkintoylarga mumkin bo’lgan mahsulotlardan tayyorlangan tort retseptini taqdim etamiz.

Axir shunday xursandchilikka boy kunda bolangizning o’rganmagan taomdan qorni og’rimasligi, yanoqlari allergiya tufayli qizarmasligini bilish muhim.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm bolalar tvorogi
150 gramm qo'shimchalarsiz yogurt
3-5 choy qoshiq shakar hoxushga qarab
5-7 gramm jelatin
60 millilitr sovuq suv
150 gramm bolalar pechenyesi
bezak uchun banan
bezak uchun tasma va sham
Qadam 1
Tugallandi

Bizga katta bo'lmagan quti yoki idish kerak bo'ladi.

Maslahat: agar sizning idishingiz kattaroq yoki kichikroq bo'lsa, unda shunga qarab mahsulotlar sonini ham o'zgartiring.

Qadam 2
Tugallandi

Idish ichiga yopishqoq plyonkani to'shaymiz. Tag qismiga pechenyelarni joylashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Jelatinga sovuq suv quyib, ishishi uchun 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishda tvorog, yogurt va shakarni (hoxushga qarab) aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Jelatin batamom erishi uchun ozroq gazda isitib yuboramiz. Ammo qaynab ketishiga yo'l qo'ymaslik lozim.

Ozroq sovutib, so'ngra tvorogli massaga ingichka oqim bilan quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tvorogli massani pechenyeli idishga quyib, bir-ikki soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra tortni ehtiyotkorlik bilan idishdan olib, plyonkadan ajratamiz va likopchaga olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tort chetlariga pechenyelar qo'yib chiqib, tasma bilan bog'laymiz. Agar pechenyelar o'ta uzun bo'lsa, har birini kesib chiqamiz. Chunki pechenye tvorogli asosdan bir-ikki sm chiqib turishi lozim.

Qadam 9
Tugallandi

Tortni bananlar bilan bezatamiz. Shaftoli, olxo'ri, rezavor mevalar bilan bezak berish ham mumkin. Kichkintoyingiz tanovvul qiladigan mevalardan foydalanganingiz ma'qul.

Tort markaziga shamni qo'yamiz. Tayyor!

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)

Instagram https://www.instagram.com/inventouz/

Sayt http://invento.uz/ru/admission/

reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 1
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm bolalar tvorogi
150 gramm qo'shimchalarsiz yogurt
3-5 choy qoshiq shakar hoxushga qarab
5-7 gramm jelatin
60 millilitr sovuq suv
150 gramm bolalar pechenyesi
bezak uchun banan
bezak uchun tasma va sham
oldingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan frikadelkalar
keyingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorog va maymunjonli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.