fbpx
Videoretsept: vaflidan tayyorlangan malinali tort

Videoretsept: vaflidan tayyorlangan malinali tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Desertga biron-bir shirin narsa tayyorlash uchun issiqdan yoki shunchaki gaz pechi tepasida uzoq vaqt turish yoqmayaptimi? Unda ushbu retsept sizga as qotishi aniq.

Shirin va qarsildoq vafli, rezavor meva va smetanadan mayin qavat – sizga va oila a’zolaringizga yoqishi aniq. Bunday tortni tayyorlash juda oson va ko’p vaqt talab etmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm Crafersdan vafli
400 gramm 20% li qaymoq
300 gramm malina
100 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Keksga mo'ljallangan to'g'rito'rtburchak shaklidagi qolipni pergament qog'ozi bilan qoplaymiz. Qolip tagiga vaflilarni zich qilib terib chiqamiz.

Bizning qolipimizning o'lchami 20 ga 10 sm.

Qadam 2
Tugallandi

Vafli qavatini quyuq qaymoq bilan yaxshilab, qalin qilib qoplaymiz.

Muhim! Bu yerda shakar yoki shakar upasini keragi yo'q, aks holda desert haddan tashqari shirin bo'lib ketadi.

Qadam 3
Tugallandi

Smetana ustidan yong'oq sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Uning ustidan malinalarni terib chiqamiz. So'ngra yana qaymoq suritamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Malina va qaymoqli qavatni vaflilar bilan zich qilib yopamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan qaymoqni, hosil bo'lgan tortni yonlariga quygan holda surtamiz. Desertni 20-30 daqiqaga muzxonaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ozroq muzlagan tortni qolipdan likopchaga olib, yonlariga qaymoq surtamiz. Tortni vafli uvog'lari bilan bezatamiz va 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Vafli uvog'ini tayyorlash uchun vaflini qirg'ichdan o'tkazish kerak.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm Crafersdan vafli
400 gramm 20% li qaymoq
300 gramm malina
100 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Osiyocha lapshali frikadelkalar
keyingi
Iskandar-kabob

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.