Videoretsept: shokoladli pechenyedan tort
Masalliqlar:
-
500 gramm "Crafers"dan shokoladli pechenye
-
3 ta banan
-
600 millilitr sut
-
4 ta tuxum sarig'i
-
200 gramm shakar
-
60 gramm un
-
10 gramm vanil shakari
-
glazuriga
-
30 millilitr sut
-
50 gramm sariyog'
-
3 osh qoshiq kakao kukuni
-
4 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Sizlarga pechenyedan tayyorlangan ajoyib va juda mazali shokoladli tort retseptini taqdim etmoqchimiz. Bu tortni tayyorlash uchun krem va sevimli pechenyeingiz kerak bo’ladi. Ushbu tort juda mazali bo’lib chiqadi.
Ushbu retsept tort tayyorlash uchun biskvit, korjlar bilan oshxonada o’ralashib yurishni yoqtirmaydiganlar uchun ayni muddao.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm "Crafers"dan shokoladli pechenye | |
3 ta banan | |
600 millilitr sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
200 gramm shakar | |
60 gramm un | |
10 gramm vanil shakari | |
glazuriga |
|
30 millilitr sut | |
50 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq kakao kukuni | |
4 osh qoshiq shakar |
Krem tayyorlaymiz:
Sutni idishga solib, gazda isitamiz.
Tuxum sarig'ini shakar va vanil shakari bilan aralashtiramiz.
Aralashtirishni to'xtatmagan holda tuxum sarig'ili aralashmaga un solamiz.
Aralashtirishni to'xtamagan holda oz-ozdan iliq sutni qo'shamiz.
Hosil bo'lgan aralashmani sut isigan idishga quyib, past olovga gazga qo'yamiz. Aralashtirib turgan holda massa quyilgunicha pishiramiz.
To'rtburchak yoki to'g'ri to'rtburchak shaklidagi (20 ga 25sm) qolipga ozroq hosil bo'lgan kremni solamiz, ustidan shokoladli pechenyelarni terib chiqamiz va ustidan yana krem quyamiz.
Bananlarni ingichka qilib kesib, krem ustidan terib chiqamiz. So'ngra ozroq krem quyib, barcha mahsulotlarni huddi shu tarzda yana birma-bir qo'yib chiqamiz.
Glazur tayyorlaymiz:
Glazur uchun kerak bo'ladigan barcha mahsulotlarni idishga solib, o'rtacha olovda qaynatamiz. So'ngra ozroq sovutamiz.
Glazurni tort ustidan quyamiz.
Tortni muzlatgichga 3 soatga yuboramiz. Tayyor tortni ta'bga qarab bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz
Masalliqlar:
500 gramm "Crafers"dan shokoladli pechenye | |
3 ta banan | |
600 millilitr sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
200 gramm shakar | |
60 gramm un | |
10 gramm vanil shakari | |
glazuriga |
|
30 millilitr sut | |
50 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq kakao kukuni | |
4 osh qoshiq shakar |