Videoretsept: oshirma xamirdan piyozli qatlama
Masalliqlar:
-
400 gramm un
-
230 millilitr iliq suv
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq shakar
-
10 gramm quruq xamirturush
-
90 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
150 gramm piyoz
-
ustiga suritish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga oshirma xamirdan piyozli yumshoqqina qatlamani qanday tayyorlash usulini ko’rsatamiz. Bunday nonchalarni ertalabki nonushtaga tortishingiz, yoki tushlikda sho’rva bilan iste’mol qilishingiz mumkin.
Nonchalar oddiy masalliqlardan tayyorlanadi va juda mazali va to’yimli bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
230 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
90 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
150 gramm piyoz | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Iliq suv, tuz, shakar va qabartmani aralashtiramiz. Hosil bo'lgan suyuqlikni unga quyib, xamir qoramiz.
Tayyor bo'lgan xamir ustini sochiq bilan yopib, issiq joyda 30-40 daqiqa qoldiramiz.
Xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib, ustiga eritilgan margarin suritamiz. Ustidan ingichka yarim halqa shaklida to'g'ralgan piyozni solamiz.
Xamirni rulet shaklida o'rab, 15-20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
So'ngra xamirni 4 ta bo'lakka bo'lamiz va ulardan nonchalar yasab olamiz.
Hosil bo'lgan nonchalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Nonchalar ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qizargunicha yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
400 gramm un | |
230 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
90 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
150 gramm piyoz | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |