Oddiy xamirdan somsa
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
500 gramm un
-
200 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq tuz
-
asosiga
-
2 bog' mator ko'kati
-
1 bog' jag'-jag'
-
1 bog' ismaloq
-
50 gramm yalpiz
-
150 gramm kartoshka
-
150 gramm piyoz
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
ustiga suritish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Ko’katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo’lib pishadi. Uning ichidagi asosidan roxatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi.
Bizning retseptimiz bunday somsani qanday qilib tez va oson tayyorlashni o’rgatadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
200 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
2 bog' mator ko'kati | |
1 bog' jag'-jag' | |
1 bog' ismaloq | |
50 gramm yalpiz | |
150 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ustiga suritish uchun tuxum |
Un suv, tuz va tuxumni aralashtiramiz. Xamir qorib, paketga solamiz va 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.
Ko'katlarni yuvib, quritamiz va mayda qilib to'g'raymiz.
Kartoshka va piyozni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Katta idishda ko'katlar va sabzavotlarni aralashtirib, tuz va murch sepamiz.
Tagi chuqur tovada o'simlik yog'ini qizdirib, asosni o'rtacha olovda 8-10 daqiqa pishiramiz.
Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyamiz va tomonlari 12-15 santimetr keladigan to'rtburchaklarga kesib olamiz.
Har bir to'rtburchakning o'rtasiga 1,5 osh qoshiq asos solib, chetlarini konvert shakliga keltirib yopib chiqamiz.
Maslahat: xamir chetlari yaxshi yopishishi uchun ularni ozroq xo'llab yuboring.
Somsa tugilgan joyini pastga qaratib, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Ustiga tuxum suritib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
200 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
2 bog' mator ko'kati | |
1 bog' jag'-jag' | |
1 bog' ismaloq | |
50 gramm yalpiz | |
150 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ustiga suritish uchun tuxum |