fbpx
Qulupnayli trayfl

Qulupnayli trayfl

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bir necha daqiqada tayyor bo’ladigan xushbo’y qulupnaydan ajoyib shirinlik! Ta’tib ko’rishni istaysizmi? Ushbu ideal desert ortiqcha urunishlarsiz oddiy masalliqlardan tayyor bo’ladi.

Xushbo’y qulupnay, nozik pechenye, ajoyib krem, bundan mazaliroq nima bo’lishi mumkin?

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm qulupnay
100 gramm shakar
200 gramm tvorogli pishloq
200 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
100 gramm shakar upasi
10 dona qumoq pechenye (pesochniy)
ta'bga ko'ra vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Qulupnayni blender yordamida shakar bilan maydalab olamiz. Bezak uchun 3-4 tasini olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaymoqni ozroq ko'pirgunicha ko'pirtirib olamiz. Alohida idishda tvorogli pishloq, shakar upasi va vanil shakarini ko'pirtiramiz. Qaymoq va tvorogli pishloqni birlashtirib, aralashtiramiz va 10-15 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovugan kremni konditer qopchasiga quyib, uchiga istalgan shakl o'rnatamiz yoki o'rnatmasa ham bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Pechenyeni o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shaffof bokalga qavat-qavat qilib, qulupnayli pyure, pechenye, qaymoqli kremni solamiz. Shunday tarzda idish to'lgunicha davom etamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Desertni muzlatgichga 3 soatga yuboramiz. Dasturxonga tortishdan avval qulupnay bilan bezak beramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm qulupnay
100 gramm shakar
200 gramm tvorogli pishloq
200 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
100 gramm shakar upasi
10 dona qumoq pechenye (pesochniy)
ta'bga ko'ra vanil shakari
oldingi
Irlandcha non
keyingi
Videoretsept: tovuqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.