Videoretsept: shprot qaylali «Sezar» salati
Masalliqlar:
-
70 gramm Maselkodan mayonezli qaylayoki mayonez
-
25 gramm shprot
-
30 gramm suxarilar
-
5 ta pomidor cherry
-
5 ta bedana tuxumiqaynatilgan
-
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi
-
70 gramm Aysberg salat bargi
-
25 gramm soya qaylasi
-
20 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
-
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
Yo’nalishlar
«Sezar» salatini nafaqat restoranlarda, balki uyda ham tayyorlash mumkin. Uyda u yanada mazaliroq bo’ladi.
To’yimli va xushta’m salat sizga va oila a’zolaringizga yoqishi aniq. Unda baliqli qayla va ko’katlar ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
70 gramm Maselkodan mayonezli qayla | |
25 gramm shprot | |
30 gramm suxarilar | |
5 ta pomidor cherry | |
5 ta bedana tuxumi | |
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
70 gramm Aysberg salat bargi | |
25 gramm soya qaylasi | |
20 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i |
Qayla tayyorlaymiz:
Shprotni sanchqi yordamida maydalaymiz. Mayonez va 10 gramm soya qaylasini quyamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Tovuq filesini qolgan soya qaylasi bilan 15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.
Tovada sariyog'ni eritib, tovuq filesini ikki taraflama qovurib olamiz. So'ngra tova qopqog'ini yopib, past olovda pishgunicha pishiramiz.
Yoki 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 12-15 daqiqaga yuboramiz.
Aysberg salat bargini yuvib, quritamiz va bir necha bo'laklarga bo'lamiz.
Bedana tuxumi va cherry pomidorini o'rtasidan ikki bo'lakka bo'lamiz va aysberg salatiga qo'shamiz. Qaylani qo'shib, aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan tovuq filesini bo'laklarga bo'lamiz.
Dasturxonga tortishdan oldin, tayyor suxariklar solib, tovuq filesi bo'laklarini qo'yib, ustidan pishloq sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
70 gramm Maselkodan mayonezli qayla | |
25 gramm shprot | |
30 gramm suxarilar | |
5 ta pomidor cherry | |
5 ta bedana tuxumi | |
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
70 gramm Aysberg salat bargi | |
25 gramm soya qaylasi | |
20 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i |