fbpx
Videoretsept:dangasa somsa

Videoretsept:dangasa somsa

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Yaqinda biz qiziqarli retsept bo’yicha somsa tayyorladik va uni siz bilan baham ko’rishni istadik. Qatlamali xamirdan tayyorlangan go’shtli somsa – juda mazali bo’lib pishadi.

Xamirni uzoq tayyorlashingiz va undan somsalar hosil qilishingiz shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, natijasi sizni xursand qiladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
200 gramm smetana
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma
asosiga
300 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi
150 gramm pomidor
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishda un, qabartma va tuzni aralashtiramiz. Smetana va eritilgan margarinni qo'shamiz.

Xamir qorib, 30 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Idishda qiyma, piyoz va pomidorni aralashtiramiz. Tuz va murch sepamiz. Aralashtirib, muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 3 mm qalinlikda yoyib, 3 ta to'g'ri to'rtburchaklarga bo'lib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Har bir to'rtburchaklar o'rtasiga go'shtning uchdan birini uzunasiga qo'yamiz, 4 tomondan xamirning yonlari bo'sh qolishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymaga bir qator qilib, qaynatilgan tuxumlarni qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir chetlarini yopib, rulet holatiga keltiramiz. Ruletni gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtiramiz. Ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
200 gramm smetana
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma
asosiga
300 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi
150 gramm pomidor
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Tovuqli asosga ega lavashli naychalar
keyingi
Oddiy xamirdan somsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.