Videoretsept: pishloqli osetiya pirogi
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
450-500 gramm un
-
180 millilitr sut
-
160 millilitr iliq suv
-
50 gramm sariyog'
-
1,5 osh qoshiq shakar
-
1,5 choy qoshiq tuz
-
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
-
asosiga
-
500 gramm "suluguni" pishlog'i
-
400 gramm brinza
-
dasturxonga tortish uchun sariyog'
Yo’nalishlar
Oson va qulay retsept bo’yicha pishloqli osetin pirogini tayyorlashingizni maslahat beramiz. Mayin oshirma xamir va juda ko’p pishloqli asosga ega ushbu ajoyib pishiriq – butun oilangiz uchun manzur keladi.
Aytgancha, pirogni tayyor holida muzlatib qo’yishingiz ham mumkin. Ovqatlanish paytida yeyilmagan pirog bo’laklarini alohida bo’laklarga bo’lib, muzlatgichga qo’yib, so’ngra istalgan paytda olib, mikroto’lqinli pech yoki gaz pechida isitib, tanovvul qilishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
450-500 gramm un | |
180 millilitr sut | |
160 millilitr iliq suv | |
50 gramm sariyog' | |
1,5 osh qoshiq shakar | |
1,5 choy qoshiq tuz | |
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush | |
asosiga |
|
500 gramm "suluguni" pishlog'i | |
400 gramm brinza | |
dasturxonga tortish uchun sariyog' |
Opara tayyorlaymiz. 100 millilitr iliq suvga shakar, tuz va xamirturush solib, aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Elangan unni o'rtasini ochib, opara, sut va qolgan suvni quyamiz. Hammasini qoshiq yordamida aralashtirib, un suvlanib, xamir hosil bo'la boshlaganida, yumshagan sariyog' solib, xamir qoramiz.
Muhim! Osetin piroglari uchun xamirni yaxshilab, 10 daqiqadan kam bo'lmagan vaqt ichida qorish kerak.
Xamir qorish jarayonida ozroq un qo'shishingiz mumkin. Biz roppa rosa 500 gramm un ishlatdik.
Xamirni o'simlik yog'i suritilgan idishga joylashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 2 soatga issiq joyga olib qo'yamiz. Bir soatdan so'ng xamirni mushtlab, yana tindirishga olib qo'yish kerak bo'ladi.
Xamir tinib turgan paytda asosini tayyorlab olamiz. Pishloq va brinzani qirg'ichdan chiqarib, aralashtiramiz.
Asosini 3 ga bo'lib, ulardan 3 ta koptokchalar hosil qilamiz.
Stol ustiga un sepib, xamirni mushtlab, so'ngra 3 ga bo'lamiz. Dumaloq shakliga keltirib, sochiq tagiga qo'yib, yana 10 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Har bir xamir bo'lagini qo'lda yoyib, o'rtasiga asosini joylashtiramiz. Xamir chetlarini yig'ib, o'rtaga olib kelamiz va yaxshilab maxkamlaymiz.
So'ngra tugilgan joyini orqaga qilib o'girib, ehtiyotkorlik bilan diametri 25 sm keladigan nonga o'xshatib, qo'lda yoyamiz.
Piroglarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, xamir o'rtasidan bug' chiqishi uchun qo'lda ozroq teshib qo'yamiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
450-500 gramm un | |
180 millilitr sut | |
160 millilitr iliq suv | |
50 gramm sariyog' | |
1,5 osh qoshiq shakar | |
1,5 choy qoshiq tuz | |
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush | |
asosiga |
|
500 gramm "suluguni" pishlog'i | |
400 gramm brinza | |
dasturxonga tortish uchun sariyog' |