Videoretsept: «Qush uyasi» salati
Masalliqlar:
-
200 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka
-
300 gramm dudlangan tovuq go'shti
-
4-5 dona qaynatilgan tuxum
-
300 gramm bodring
-
150-200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi
-
100 gramm piyoz
-
2 osh qoshiq olma sirkasi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
bezak uchun ko'katlar
Yo’nalishlar
«Qush uyasi» salati – ajoyib ta’mga ega asl taom. Salat bayram dasturxonini bezab turishi mumkin, shuningdek oddiy kunda ham barchani mamnun qila oladi.
Uni tayyorlash ko’p vaqtni yoki bo’lmasam maxsus ko’nikmalarni talab qilmaydi. Ushbu yorqin va mazali salat sizning sevimli taomlaringizdan biriga aylansa ajabmas.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka | |
300 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
4-5 dona qaynatilgan tuxum | |
300 gramm bodring | |
150-200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
100 gramm piyoz | |
2 osh qoshiq olma sirkasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bezak uchun ko'katlar |
Bodringlarni somoncha shaklda to'g'rab olamiz.
Piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab olamiz. Piyolaga solib, ustidan bir chimdim tuz va olma sirkasini solib, 10 daqiqaga qo'yib qo'yamiz.
Dudlangan tovuq go'shtini somoncha shaklida to'g'rab olamiz.
Qaynatilgan tuxumlar oqini sarig'idan ajratib, oqini qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.
Tuxum sarig'ini sanchqida ezib maydalaymiz, bir choy qoshiq mayonez, to'g'ralgan shivitni solib aralashtirib olamiz.
Barchasini yaxshilab aralshtirib olamiz. Qo'lga yopishmaydigan massa hosil bo'lishi kerak.
Tuxumli aralashmadan bedana tuxumidan sal maydaroq hajmda "tuxumcha"lar yasab olamiz.
Chuqurroq idish olib, ichiga barcha to'g'ralgan masalliqlar, marinadlangan piyoz, ozroq qovurilgan kartoshkani solamiz. Mayonezdan quyib, ta'bga qarab tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtiramiz.
Kattaroq likopcha olib, salatni solamiz, o'rtasiga sal chuqurroq qilib joy qoldiramiz.
Ustidan qolgan kartoshkalarni sepib chiqamiz.
O'rtasiga ko'kat shoxschasi va tuxum sarig'idan tayyorlangan "tuxumcha"larni qo'yib chiqamiz.
Tayyor salatni shu zahotiyoq dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
200 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka | |
300 gramm dudlangan tovuq go'shti | |
4-5 dona qaynatilgan tuxum | |
300 gramm bodring | |
150-200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
100 gramm piyoz | |
2 osh qoshiq olma sirkasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bezak uchun ko'katlar |