fbpx
Batafsil fotoretsept: Oshirma xamir tayyorlash

Batafsil fotoretsept: Oshirma xamir tayyorlash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oshirma xamirni to’g’ri tayyorlash bizlardan anchagina mahoratni talab qiladi. Bunday xamirni bizning retsept asosida tayyorlasangiz, pishiradigan pishiriqlaringiz yumshoqqina va mazali chiqadi. 

Asosiysi bu xamirni yog’da qovurib olsangiz ham, gaz pechida pishirsangiz ham bo’ladi bu yog’i xohishingizga havola.

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm un
375 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
60 gramm sariyog'
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

100 millilitr suvni ilitib olamiz, ustidan 1 choy qoshiq shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz va ustini yopib 10 daqiqa iliq joyga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng katta idish olamiz va ichiga unni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog'ni eritib olamiz va sut bilan aralashtiramiz.

Ustidan tuzni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unni ustidan sut-sariyog'li aralashma, tuxum, xamirturushli aralashmani solamiz va xamir qoramiz.

Xamir qo'lga yopishmaydigan bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng qorilgan xamirni ustini sochiq bilan yopiladi va kamida ikki soat iliq joyga qo'yiladi. Bu vaqt mobaynida xamirni olib bir-ikki marta mushtlaymiz.

Mana oshirma xamirimiz ham tayyor. Bu xamirdan bilishi, har xil pishiriqlar pishirsa bo'ladi. Yoqimli ishtaha !

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm un
375 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
60 gramm sariyog'
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
oldingi
Pomidorli qayla
keyingi
Videoretsept: Tuzli karamel

2 Sharhlar Hide Comments

Хайрли кун яхшимисиз ман бу сайтни борлигин и хозир оширма хамирни ретцепти керак булгани учун ўим билмаган холда кириб колдим манга жуда хам ёқди. Саволим бориди силада телеграмм канал ёки группа борми?

Ассалом алейкум, ха бизда телеграм канал ва инстаграм сахифа мавжуд. Хар бир рецепт бошида телеграм каналимизга илова бор.

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.