fbpx
Pol Bokyuzdan mramorga o’xshash keks

Pol Bokyuzdan mramorga o’xshash keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ushbu keksning muallif –  mashhur fransuz oshpazi Pol Bokyuz sanaladi. Keksni ta’mi, konsistensiyasi va ko’rinishiga ko’ra ideal darajada desak bo’ladi.
Buning siri barcha mahsulotlar aniq o’lchamdaligidadir. Ushbu keksni tayyorlash uchun uyda tarozi bo’lishi maqsadga muvofiq.
Tayyor taomning  narxi – 40 000 ming so’m*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum 250 gramm
250 gramm sariyog'
250 gramm un
250 gramm shakar
80 gramm qora shokolad
ta'bga ko'ra vanil ekstrakti
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Shakar,tuxum va bir chimdim tuzni massa oqargunicha yaxshilab aralashtiramiz. Bunga tahminan 5 daqiqa ketadi.

Qadam 2
Tugallandi

Unni vanil ekstrakti bilan elakdan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha mahsulotlarni yaxshilab bir tekis xamir hosil bo'lgunicha aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra xamirga yumshatilgan, lekin erib ketmagan sariyog'ni qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shokoladni istalgan yo'l bilan eritamiz (mikroto'lqinli pech yoki suvli xommomda) va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Eritilgan shokoladni xamirga qo'shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra xamir "mramor" ko'rinishiga kirishi uchun ko'p emas 3-4 marotaba aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor bo'lgan xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan, hajmi 20 ga 10 sm keladigan qolipga quyamiz.
Keksni 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat atrofida pishiramiz.
Keks pishganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz, agar tayoqcha quruq bo'lsa, demak keks pishgan.
Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 15 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum 250 gramm
250 gramm sariyog'
250 gramm un
250 gramm shakar
80 gramm qora shokolad
ta'bga ko'ra vanil ekstrakti
bir chimdim tuz
oldingi
“Grafskie razvalini” torti
keyingi
Videoretsept: Shokolad va bananli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.