fbpx
“Grafskie razvalini” torti

“Grafskie razvalini” torti

Masalliqlar:

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Oppoq beze va sariyog’li krem xushbo’y shokoladli glazur va yong’oqlar uyg’unligi ushbu tortda bir-birini sehrli ravishda to’ldirib turadi.
Ko’rkam va juda mazali tort bayram stoli uchun ajoyib desert bo’la oladi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum oqi 130 gramm
150 gramm shakar upasi
110 gramm shakar
kremi uchun
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
200 gramm quyultirilgan sut Maselko "Zayka"
100 gramm yong'oq
bezak uchun eritilgan qora shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Beze tayyorlaymiz

Tuxum oqini mikserda yengil ko'pik hosil bo'lgunicha aralashtiramiz. Oz-ozdan shakar upasini qo'shib, aralashtirishda davom etamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashma oq va bir xil tusga kirganidan so'ng, ozroqdan shakar solib, yuqori tezlikda massa qattiq holga kelguniga qadar aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplab, qopchalar yordamida bezelarni patnisga quyib chiqamiz. Bezelar diametri 3 sm dan 5 santimetrgacha bo'lishi mumkin.
Bezelarni qopchalarsiz oddiy qoshiqda quyib chiqsa ham bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Bezelarni 90-100 darajada qizdirilgan gaz pechida hajmiga qarab, 1-2 soat pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Bezelar tayyor bo'lganidan so'ng, krem tayyorlab olish kerak bo'ladi.
Yumshatilgan sariyog'ni mikserning yuqori tezligida sariyog' oq ko'piksimon tusga kirgunicha 3-4 daqiqa aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra aralashtirishni to'xtatmasdan oz-ozdan quyultirilgan sutni qo'shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tortni yig'amiz. Har bir bezeni tagiga krem suritib, tekis likopchaga doira shaklida qo'yib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qolgan bezelarni ham xuddi shunday tarzda krem suritib, ustma-ust qo'yib chiqamiz. Yong'oqlar bilan bezatamiz. Bezelar birlashib, tort hosil bo'lishi uchun bo'sh qolgan oralarini krem bilan to'ldirib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor bo'lgan tortni shokoladli glazur bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanaliga obuna bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum oqi 130 gramm
150 gramm shakar upasi
110 gramm shakar
kremi uchun
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
200 gramm quyultirilgan sut Maselko "Zayka"
100 gramm yong'oq
bezak uchun eritilgan qora shokolad
oldingi
Bug’da pishirilgan ko’k piyoz va go’shtli rulet
keyingi
Pol Bokyuzdan mramorga o’xshash keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.