fbpx
Bulochka va pirojkalar uchun tez tayyor bo’ladigan xamir

Bulochka va pirojkalar uchun tez tayyor bo’ladigan xamir

Masalliqlar:

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Agar xamirturush bilan qilinadigan xamir tayyorlash uchun vaqt oz bo’lsa, yoki to’satdan mehmon kelib qolsa, tez tayyorlanadigan xamir uy bekalariga kutilmagan vaziyatdan chiqib ketishlariga yordam beradi.

Maslahat: xamir juda yumshoq va yopishqoq bo’lishi kerak, odatdagi pirojki xamiridan ancha yumshoqroq. Ushbu xamirga ko’p un qo’shib bo’lmaydi, aks holda mahsulot qattiq bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kefir
80 gramm smetana
280 gramm un
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
1-2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
asosi uchun
150 gramm tvorog
ta'bga ko'ra shakar
Qadam 1
Tugallandi

Kefirga smetanani qo'shib aralashtiramiz. Iste'mol sodasi, tuz va shakar solib, yaxshilab aralashtiramiz va 3 daqiqaga reaktsiyaga kirishishi uchun qo'yib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum va o'simlik yog'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni elakdan o'tkazamiz va oz-ozdan kefirli massamizga qo'shib, yumshoq xamir qoramiz.
Un ko'payib ketmasligiga e'tibor bering.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirdan keyinroq narsa tayyorlash uchun ularni bir xil bo'laklarga bo'lib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xar bir bo'lakni dumaloq qilib yoyib, o'rtasiga asosini solib, ikki yonini chiziqcha qilib kesamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ikki yonini yopib, "vatrushka" hosil qilamiz. Ustiga tuxum sarig'i va sutni aralshtirib suritamiz. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa bulochkalar qizargunicha pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Ushbu xamirdan tovada qovuriladigan pirojkalar pishirsa ham bo'ladi.

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kefir
80 gramm smetana
280 gramm un
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
1-2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
asosi uchun
150 gramm tvorog
ta'bga ko'ra shakar
oldingi
Shivit oshi
keyingi
Tayyor xamirdan tayyorlangan tovuq va qo’ziqorinli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.