fbpx
Videoretsept: Inglizcha go’shtli pirog

Videoretsept: Inglizcha go’shtli pirog

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy mahsulotlardan tayyorlangan juda mazali ingliz taomi. Uni tayyorlash  jarayonining o’zi odamga zavq bag’ishlaydi.

Ingliz pirogini tatib ko’rgan odam yana qo’shimcha so’rashiga ishonchimiz komil. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 millilitr o'simlik yog'i
300 gramm mol go'shtidan yog'siz qiyma
100 gramm piyoz
100 gramm sabzi
50 gramm pomidor
seldrey shoxchalari
rozmarin shoxchalari
2 osh qoshiq pomidor pastasi
200 millilitr mol go'shtli bulyon
ta'bga ko'ra tuz va murch
1 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq xantal
lavr yaprog'i
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
1 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur tovada o'simlik yog'ini qizdiramiz va to'rtburchak shaklida to'g'ralgan piyozni yumshagunicha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra piyozga qiymani qo'shamiz va aralashtirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidor pastasini qo'shib aralashtiramiz va yana 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra sabzi, pomidor va mayda to'g'ralgan seldrey, rozmarin qo'shib, 2-3 daqiqa pishiramiz.
Tuz va murch solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Keyin tovaga bulyon solamiz (sabzavotli ham to'g'ri keladi, hatto suv solishingiz ham mumkin).
O'rta olovda 2-3 daqiqa pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovadagi mahsulotlarni toblatma uchun mo'ljallangan idishga solamiz. Shishali va keramik qoliplarning barcha turlari to'g'ri keladi.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor xamirni 0,3-0,5 santimetr qalinlikda yoyib, qiymali asos solingan qolip ustini yopamiz. Yon qisimlarida ortib qolgan xamirni esa, kesib tashlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustiga tuxum suritib chiqamiz va 180-190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 millilitr o'simlik yog'i
300 gramm mol go'shtidan yog'siz qiyma
100 gramm piyoz
100 gramm sabzi
50 gramm pomidor
seldrey shoxchalari
rozmarin shoxchalari
2 osh qoshiq pomidor pastasi
200 millilitr mol go'shtli bulyon
ta'bga ko'ra tuz va murch
1 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq xantal
lavr yaprog'i
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
1 ta tuxum
oldingi
Karam va kartoshkali pirog
keyingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli koptokchalar va spagetti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.