fbpx
Bug’da pishirilgan sudak balig’i va kartoshka pyuresi

Bug’da pishirilgan sudak balig’i va kartoshka pyuresi

Masalliqlar:

  • kartoshka uchun

Yo’nalishlar

Bugungi kunni o’zingiz uchun «baliq kuni» deb e’lon qiling va baliqdan yengil, qolaversa nihoyatta mazali taom tayyorlang.

Bu ovqat sizga o’zining takrorlanmas ta’mi va oson tayyorlanishi bilan yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 50 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

*Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300-400 gramm sudak balig'i filesi
1 choy qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar
kartoshka uchun
2000 gramm kartoshka
30 millilitr issiq sut
20 gramm sariyog'
ko'k piyoz shoxchalari
Qadam 1
Tugallandi

Sudak filesiga tuz,murch, limon sharbati va italyancha ziravorlarni suramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshkani idishda tayyor bo'lgunga qadar qaynatib olamiz. Tayyor bo'lgach 2 osh qoshiq suv qoldirib, qolgan suvni to'kib tashlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mantiqasqonga kichik o'lchamda pergament qog'ozini qo'yib, ustidan baliqni 20 daqiqaga pishirishga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshkaga sariyog', sut va tuz solib pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor taomni issiq holida, ko'k piyoz bilan bezak berib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300-400 gramm sudak balig'i filesi
1 choy qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar
kartoshka uchun
2000 gramm kartoshka
30 millilitr issiq sut
20 gramm sariyog'
ko'k piyoz shoxchalari
oldingi
Moxora
keyingi
Karam va kartoshkali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.