fbpx
  • Asosiy
  • Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari
Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari

Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qaymoqli qaylada pishirilgan xushbo’y tovuq va loviya –  tushlik yoki kechki ovqat uchun to’yimli va mazali yechim bo’la oladi.

Ushbu taomni tayyorlashda tovuqning har qanday qismini ishlatishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 55 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

*Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tovuq oyoqlariga tuz, ziravorlar va zaytun moyi surib, 10-15 daqiqaga tindirib qo'yamiz. So'ngra tovada ikki taraflama yengil oltin tusga kirgunicha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qovurilgan tovuq oyoqlarini folga bilan qoplangan idishga qo'yib oldindan qizdirilgan gaz pechiga 180 C darajaga 25-30 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Boshqa tovada qaymoqni ta'bga ko'ra tuz va murch solib quyuq holga kelgunicha pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra qaymoqli qaylaga tayyor bo'lgan tovuq oyoqlarini qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Konservalangan loviyani idishga solib, to'g'ralgan kashnich bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Likopchaga tovuq va qizil loviya qo'yib, ustidan qaymoqli qaylani quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Qo’ziqorinli krem-sho’rva
keyingi
Bulgurli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.