fbpx
Lavashli shtrudel

Lavashli shtrudel

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lavashli shtrudel – ko’p vaqt sarflanilmaydigan, ham foydali, ham parhezbop shirinliklardan biridir. Kerak bo’ladigan masalliqlar ham deyarli har kimning ro’zg’oridan topilsa kerak.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 dona lavash
200 gramm tvorog
600 gramm olma
50 gramm mayiz
30 gramm yong'oq
ta'bga qarab shakar
bir chimdim dolchin
1 osh qoshiq limon sharbati
1 dona tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Olmalarni po'stini archamiz. To'g'rab, ustidan limon sharbati sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonchaga ozroq suv (50 millilitrdan ko'p bo'lmagan) va olmalarni solamiz. So'ng 10 daqiqa davomida dimlab pishiramiz. Undan keyin esa tvorog, mayiz, maydalangan yong'oq va shakar (xohishga qarab, asal, steviya va hokazo)ni solamiz. Bizlar 2 choy qoshiq steviyadan soldik. Aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pech patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz. Ustidan lavash xamirini solib, tvorogli aralashmani surtib chiqamiz. So'ng ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Rulet ustidan tuxum sarig'i surtib, 180 C darajada qizigan pechda 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 dona lavash
200 gramm tvorog
600 gramm olma
50 gramm mayiz
30 gramm yong'oq
ta'bga qarab shakar
bir chimdim dolchin
1 osh qoshiq limon sharbati
1 dona tuxum sarig'i
oldingi
Tovuq va qo’ziqorinli pirog
keyingi
Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan qo’y kuragi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.