Nokli qatlamachalar
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
-
2 ta nok
-
2 osh qoshiq shakar
-
40 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq o'rikli jem
-
1 osh qoshiq qaynoq suv
Yo’nalishlar
Ishtahani ochib yuboradigan mana bunday qatlamachalarni yarim soat ichida bemalol tayyorlash mumkin. Agar ishonmasangiz, unda bizning retsept bilan batafsil tanishib oling.
Ayniqsa, bunday pishiriqning tayyor xamirdan tayyorlanilishi qimmatli bo’lgan anchagina vaqtingizni ham tejaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
2 ta nok | |
2 osh qoshiq shakar | |
40 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'rikli jem | |
1 osh qoshiq qaynoq suv |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz va pichoq yordamida to'rt qismga bo'lamiz.
Pichoq yordamida xamirlarning chetidan 1 sm joy qoldirib, o'zidan kichikroq kvadrat chizamiz.
Xamirlarni pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga terib chiqamiz. Noklarni yupqa qilib to'g'raymiz va xamirlardagi kvadratlar ichiga terib chiqamiz.
Ustidan shakar sepib, sariyog' bo'laklarini ham qo'yib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
2 ta nok | |
2 osh qoshiq shakar | |
40 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'rikli jem | |
1 osh qoshiq qaynoq suv |