fbpx
Tovuq va kartoshkali pirog (kurnik)

Tovuq va kartoshkali pirog (kurnik)

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Qiymasiga:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shti va kartoshka solib pishiriladigan, juda mayin xamirli pirog retseptini sizlarga havola etamiz. Bunday pirog xamirini tayyorlash juda oson bo’lib, hatto pazandachilikdan xabari yo’q insonlar ham qiynalmasdan pishirishadi.

Juda oddiy, ammo ishtahaochar ko’rinishli bu pirog har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
120 gramm sariyog'
130 millilitr kefir
1 dona tuxum
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
400 gramm un
ta'bga qarab tuz
Qiymasiga:
300 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
2 dona kartoshka
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog'ni gazda yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz va sovutamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan kefir va tuxumni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan iste'mol sodasini aralashtirib olamiz va aralashma ustidan solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq go'shti va kartoshkani to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga ozroq yog' solib qizdiramiz va tovuq go'shtini solib, qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan mayda to'g'ralgan piyozni ham solib, piyoz shaffof rangga kirgunicha birga qovuramiz. Ustidan kartoshkalarni ham solib, 10-15 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni teng ikkiga bo'lamiz va aylanasi 22 sm kattalikda yoyib olamiz.

Birinchi xamir qavatini qolip yoki pech patnisiga olamiz. Ustidan qiymali aralashmanni solib, tekislab olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning ikkinchi qismini ham yoyib, u bilan pirogning ustini yopamiz. Chetlaridan ortiqcha xamirlarni kesib tashlaymiz va chetlarini bir-biriga yopishtirib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ortgan xamir bo'laklarini esa uchga bo'lib, uzun-uzun yoyib chiqamiz va shu uchta xamirni xuddi soch o'rgandek o'rib chiqamiz va pirog ustini bezatamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tuxum va sutni aralashtiirb, pirog ustidan surtib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
120 gramm sariyog'
130 millilitr kefir
1 dona tuxum
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
400 gramm un
ta'bga qarab tuz
Qiymasiga:
300 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
2 dona kartoshka
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Videoretsept: Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non
keyingi
Bodom solib pishirilgan olmali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.