Videoretsept: Toshkentcha palov
Masalliqlar:
-
350 gramm "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
-
1 kilo qo'y go'shti
-
500 gramm piyoz
-
2 bosh sarimsoqpiyoz
-
1 kilo sabzi
-
1 kilo "lazer" guruchi
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
1 litr qaynoq suv
-
ta'bga qarab zira
-
ta'bga qarab qora murch
-
ta'bga qarab mayiz
-
100 gramm ivitilgan no'xat
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Osh milliy taomlarimizning eng mazalisi va sevimlisi hisoblanib, hech qanday tadbir bu taomsiz o’tmaydi.Shuning uchun ham bu taomni tayyorlashni har bir bekajonlarimiz o’rganib olishsa aslo zarar qilmaydi.
Palov tayyorlashda bir nechta qoidalarga amal qilish lozim bo’lib, mana bu videoretseptimizda esa siz ularni bilib olishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 85 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
350 gramm "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
1 kilo qo'y go'shti | |
500 gramm piyoz | |
2 bosh sarimsoqpiyoz | |
1 kilo sabzi | |
1 kilo "lazer" guruchi | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
1 litr qaynoq suv | |
ta'bga qarab zira | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab mayiz | |
100 gramm ivitilgan no'xat | |
ta'bga qarab tuz |
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz: no'xatni bir kecha oldin iliq suvga ivitib qo'yamiz; sabzini o'rtacha qalinlikdagi somoncha shaklida to'g'rab olammiz; piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz.
Qozonga yog'ni quyib qizdiramiz.
Tavsiya: palov uchun makkajo'xori yog'idan foydalanib ko'rishingizni tavsiya qilamiz. Chunki makkajo'xori yog'ining afzallik tomonlari juda ko'p bo'lib, masalan, u ko'pirmaydi, konserogen moddalarni hosil qilmaydi, ovatni tagiga oldirmaydi va juda yuqori haroratdagina yonib ketishi mumkin.
Bunday yog'da qovurilgan go'sht chiroyli tillarang ko'rinishga kirib, sersuvligini saqlab qoladi. Shuningdek, makkajo'xori yog''i umuman hidsiz hisoblanadi..
So'ng go'shtni katta bo'laklarga bo'lib solamiz va qizarguniga qadar yaxshilab qovurib olamiz.
Parrak qilib to'g'ralgan piyozni ham solib, birgalikda yaxshilab qovuramiz.
Piyoz ustidan sabzini solib, sabzi yumshaguniga qadar qovuramiz.
So'ng qaynoq suvni quyamiz. Sarimsoqpiyoz va ivitilgan no'xatni ham solamiz. 2 osh qoshiq tuz sepamiz. Qaynash darajasiga keltirib, so'ng olovni pasaytiramiz va taxminan 40 daqiqa davomida pishiramiz.
Sabzi pishguniga qadar guruch ustidan iliq suv quyib, 20 daqiqaga ivitib qo'yamiz.
Sabzi yumshagandan so'ng zira, murch, tuz va mayizni ham solamiz. Ivitilgan guruch suvini to'kib tashlab, qozonga solamiz. 2-3 choy qoshiq tuz sepib, guruchni ko'mguniga qadar yana ozroq qaynoq suv quyamiz. Olovni balandlatib, suvi bug'lanib ketguniga qadar qaynatamiz.
Guruch suvni oxirigacha tortgach, uni kapkir yordamida gumbaz qilib qo'yamiz.
Pichoq yoki kapkirning qo'li yordamida guruchning bir necha joyini teshib chiqamiz.
Qopqog'ini yopib, 20 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
Palovni tortishdan oldin bir aralashtiirb, so'ng esa laganlarga suzib chiqamiz.
Ta'bga qarab oshni bedana tuxumlari va qazi bilan birga dasturxonga tortishimiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy kanal: goldencorn_uz
Facebookdagi rasmiy kanal: Golden Corn
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
350 gramm "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
1 kilo qo'y go'shti | |
500 gramm piyoz | |
2 bosh sarimsoqpiyoz | |
1 kilo sabzi | |
1 kilo "lazer" guruchi | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
1 litr qaynoq suv | |
ta'bga qarab zira | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab mayiz | |
100 gramm ivitilgan no'xat | |
ta'bga qarab tuz |