Qaymoq-qo’ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi
Masalliqlar:
-
4 ta tovuq filesi
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
230 gramm shampinyon
-
50 gramm sariyog'
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq un
-
120 millilitr suv
-
240 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
-
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
2 osh qoshiq to'g'ralgan petrushka
Yo’nalishlar
Qaymoqli qaylada pishiriladigan tovuq filesi juda tez tayyorlaniladi. Bunday taom takrorlanmas ta’mda bo’lib, bir martadayoq ko’nglingizga yoqishi shubhasiz.
Shuningdek, taom juda yumshoqligi sabab ham, yosh-u qariga birdek manzur keladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta tovuq filesi | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
230 gramm shampinyon | |
50 gramm sariyog' | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq un | |
120 millilitr suv | |
240 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 osh qoshiq to'g'ralgan petrushka |
Tovuq filesini oshxona bolg'achasi yordamida urib chiqamiz. Hamma joyiga tuz va murch sepib chiqamiz.
Tovaga zaytun yog'ini quyib, tovuq filesini har ikala tomonini 3-5 daqiqadan qovurib olamiz.
Tovuq go'shtini likopchaga olib, tovaga mayda to'g'ralgan qo'ziqorinni solamiz. Yumshaguniga qadar, taxminan 1-2 daqiqa qovurib olamiz. So'ng ularni ham boshqa idishga olamiz.
Sariyog'ni tovaga solib eritamiz va to'g'ralgan sarimsoq piyozni solib, qovurrib olamiz. 2-3 daqiqa qovurgandan so'ng esa unni solib, tezda aralashtirib olamiz.
Suv va qaymoqni ham solamiz. Qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i, sarimsoq piyoz kukuni, tuz va murchni ham solamiz. Qayla quyuqlashishni boshlaguniga qadar qaynatamiz.
Tovuq va qo'ziqorinni qaylaga solib, 10 daqiqa dimlab pishiramiz.
Pishgan taom ustidan to'g'ralgan petrushka sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta tovuq filesi | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
230 gramm shampinyon | |
50 gramm sariyog' | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq un | |
120 millilitr suv | |
240 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 osh qoshiq to'g'ralgan petrushka |