Limonli tvorojnik
Masalliqlar:
-
1 ta limon sedrasi
-
3 osh qoshiq limon sharbati
-
750 gramm tvorog
-
175 gramm sariyog'
-
150 gramm shakar upasi
-
85 gramm bug'doy yormasi
-
6 ta tuxum
Yo’nalishlar
Limonli tvorojnik – uyda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mayin va yoqimli ta’mli shirinliklardan biridir. Agarda siz ham tvorogli pishiriqlarni sevib iste’mol qilsangiz, unda bu desertimiz sizga yoqishi aniq.
Bunday tvorojnik ham nonushta, ham kechki ovqat o’rnini bemalol bosa oladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 29 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta limon sedrasi | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
750 gramm tvorog | |
175 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar upasi | |
85 gramm bug'doy yormasi | |
6 ta tuxum |
Limon sedrasini qirg'ichdan chiqarib olamiz va sharbatini ham siqib olamiz.
Xona haroratidan yumshagan sariyog'ni shakar upasi bilan birgalikda mikserda ko'pirtirib olamiz. Silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.
Tuxumni bittadan solamiz, so'ng bug'doy yormasi va tvorogni solamiz. Aralashtirib olamiz.
Blenderda hammasini ezib maydalab olamiz.
Qolipga sariyog' surtib, ozroq un sepamiz. Tvorogli aralashmani solib, ustini tekislab olamiz.
180 C darajada qizigan pechda 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Tvorojnik pishganidan so'ng olovni o'chirib, pechni ochib qo'yamiz va 15-20 daqiqa pechda qoldiramiz.
2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz va undan so'ng esa bemalol iste'mol qilamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta limon sedrasi | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
750 gramm tvorog | |
175 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar upasi | |
85 gramm bug'doy yormasi | |
6 ta tuxum |