Olmali mannik
Masalliqlar:
-
170 gramm bug'doy yormasi
-
130 gramm un
-
200 gramm shakar
-
10 gramm vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
250 millilitr kefir
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
100 gramm sariyog'
-
5 dona shirin-nordon ta'mli olma
Yo’nalishlar
Bugun olma va kefir solib pishiriladigan ajoyib bir mannik pirogini tayyorlanish retseptini tavsiya qilamiz. Tayyorlash jarayoni oson bo’lib, umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Bunday pirogning xamiri juda yumshoq bo’lib, og’izda erib ketadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
170 gramm bug'doy yormasi | |
130 gramm un | |
200 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
250 millilitr kefir | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
100 gramm sariyog' | |
5 dona shirin-nordon ta'mli olma |
Tog'orachaga un, bug'doy yormasi, shakar, tuz va vanil shakarini solamiz va aralashtirib olamiz.
Kefir ustidan iste'mol sodasini solib, aralashtiirb olamiz (ustida pufakchalar hosil bo'lishi kerak). So'ng quruq masalliqlar ustidan solib, aralashtiirbh olamiz.
Xona haroratidagi eritilgan sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.
Olmalarni po'sti va mag'zidan tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz va xamir ustidan solamiz.
Aylanasi 24-26 sm kattalikda qolipga sariyog' surtib, xamirni quyamiz. 180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davommida pishirib olamiz. Gugurt cho'p yordamida tekshirib ko'ramiz, quruq chiqsa demak pishgan hisoblanadi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
170 gramm bug'doy yormasi | |
130 gramm un | |
200 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
250 millilitr kefir | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
100 gramm sariyog' | |
5 dona shirin-nordon ta'mli olma |