fbpx
Uyda tayyorlanilgan eritilgan pishloq

Uyda tayyorlanilgan eritilgan pishloq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga ajoyib yeguliklardan biri, eritilgan pishloqni uyda taytyorlash retseptini taqdim etamiz.

Xohishga qarab eritilgan pishloqqa har xil qo’shimchalardan solish mumkin: qo’ziqorin, vetchina, ko’katlar, zaytun mevalari, pomidor qoqi va hokazolar.

Quyidagi masalliqlardan taxminan 450-500 gramm tabiiy pishloq hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

500 gramm 5 % li tvorog
100 gramm sariyog'
1 ta tuxum yoki 2 ta tuxum sarig'i
0.5 choy qoshiq tuz
0.75 choy qoshiq iste'mol sodasi
ta'bga qarab har xil ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog'ni eritib, sovutib oplamiz. So'ng unga tuxum, tvorog va iste'mol sodasini qo'shib, suv hammomiga qo'yamiz. Muntazam aralashtirib turamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xohishga qarab massani qoshiqda kovlab turamiz yoki blenderda har zamon ezib maydalaymiz. Shunda tvorogning maydalanishi osonroq kechadi.

Massa asta-sekinlik bilan silliq va yaltiroq holatga kiradi. Buning uchun esa taxminan 15-20 daqiqa vaqt qaynatib turish kerak bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Pishloq silliq holatga kirsa, demak tayyor bo'lgan hisoblanadi. Unga endi tuz va xohishga qarab boshqa qo'shimchalardan solish mumkin. Bizlar biriga to'g'ralgan shivit, biriga quritilgan pomidor va qolgan bittasiga esa hech narsa qo'shmadik.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor pishloqni bankachalar yoki konteynerlarga quyib, qopqog'ini yopamiz va sovutgichga kamida 3 soat yoki bir kechaga qoldiramiz.

Bunday pishloqni 2 haftagacha sovutgichda saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm 5 % li tvorog
100 gramm sariyog'
1 ta tuxum yoki 2 ta tuxum sarig'i
0.5 choy qoshiq tuz
0.75 choy qoshiq iste'mol sodasi
ta'bga qarab har xil ziravorlar
oldingi
Olmali povidloli pishiriq
keyingi
Videoretsept: Guruchni dona-dona qilib pishirish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.