«Ilgarigidek» bulochkalar
Masalliqlar:
-
9 gramm quruq xamirturush
-
70 gramm shakar
-
130 millilitr suv
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanilin
-
60 gramm sariyog'
-
270 gramm un
-
ustiga surtish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Bugungi bulochkalarimiz sizga o’sha beg’ubor bolaligingizni eslatib yuborsa ajab emas. Mayin va og’izda erib ketuvchi bunday yegulikdan siz ham tayyorlab ko’ring.
Bulochkalarni eratalab tayyorlab, nonushtaga issiqina choy bilan iste’mol qilish juda xush yoqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
9 gramm quruq xamirturush | |
70 gramm shakar | |
130 millilitr suv | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanilin | |
60 gramm sariyog' | |
270 gramm un | |
ustiga surtish uchun tuxum |
Tog'orachaga xamirturush, shakar va suvning yarmini solamiz. Aralashtirib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng esa vanilin, bir chimdim tuz va qolgan suvni ham qo'shamiz.
Eritilgan sariyog'ni ham solamiz.
Unni solib, xamir qorib olamiz.
Nam sochiq bilan xamir ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni mushtlaymiz va yettita teng bo'laklarga bo'lamiz. Aylana shakl berib chiqamiz.
Qolipni yog'lab olamiz va bulochkalarni terib chiqamiz.
Tuxumni ko'pirib olamiz va bulochkalarga surtamiz. 20 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Bulochkalar ozroq shishgandan so'ng shakar sepamiz va 180 C darajada qizigan pechda 18-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Xohishga qarab bulochkalarga shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.