Shaftolili muzqaymoq
Masalliqlar:
-
250 gramm shaftolili pyure
-
100 gramm shakar
-
430 gramm suv
-
5 gramm jelatin
-
2 choy qoshiq limon sharbati
-
Qiyomiga:
-
250 gramm shakar
-
110 gramm suv
-
1/8 choy qoshiq limon kislotasi
Yo’nalishlar
Shaftolili muzqaymoq ham xuddi qolganlariga o’xshab, uy sharoitida tez va oson tayyorlaniladi. Agarda retsept to’g’ri tanlansa, bu jarayon yanada oson kechadi.
Bunday usuldagi muzqaymoq juda nafis ta’m va bejirim ko’rinishda chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
250 gramm shaftolili pyure | |
100 gramm shakar | |
430 gramm suv | |
5 gramm jelatin | |
2 choy qoshiq limon sharbati | |
Qiyomiga: |
|
250 gramm shakar | |
110 gramm suv | |
1/8 choy qoshiq limon kislotasi |
Qiyomiga:
Qiyomi uchun kerakli shakar va suvni qozonchaga solamiz, so'ng baland olovda qaynash darajasiga keltiramiz. Bunda shakar erib ketishi lozim.
Limon kislotasini ozroq suvda eritib olamiz va qiyomga quyamiz.
Olovni pasaytirib, qiyom tillarangga kirguniga qadar, taxminan 30-35 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Muzqaymoq asosini tayyorlaymiz:
Jelatinni 100 gramm suvga ivitib qo'yamiz. Jelatin bo'kib chiqqandan so'ng gazga qo'yib qizdiramiz, ammo qaynab ketmasligi kerak.
Qolgan suvga shakar va tayyorlagan qiyomdan 60 grammini solamiz. Massani qaynatamiz va biroz sovutib olamiz.
Jelatinli aralashma va iliq qiyomni birlashtiramiz. Shaftolili pyure va limon sharbatini solamiz.
Suyuqlikni doka ro'moldan o'tkazib, qolipchalarga quyib chiqamiz.
Bir kechaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Muzqaymoqni xohishga qarab yalpiz bargchalari va shaftoli bo'laklari bilan bezatib tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm shaftolili pyure | |
100 gramm shakar | |
430 gramm suv | |
5 gramm jelatin | |
2 choy qoshiq limon sharbati | |
Qiyomiga: |
|
250 gramm shakar | |
110 gramm suv | |
1/8 choy qoshiq limon kislotasi |