fbpx
Batafsil fotoretsept: «Monastir qal’asi» aylana shakldagi torti

Batafsil fotoretsept: «Monastir qal’asi» aylana shakldagi torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Shimdirish uchun:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Ko’pchilikning sevimli shirinliklaridan biri bo’lmish «Monastir qal’asi»ni bugun yangicha ko’rinishda tayyorlashga qaror qildik.

Bunday tort har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlashi aniq.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 65 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
600 gramm un
250 gramm smetana
250 gramm sariyog'
180 gramm shakar
2 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq limon po'sti
900 gramm danagidan tozalangan olcha
50 gramm makkajo'xori kraxmali
Shimdirish uchun:
4 osh qoshiq smetana
40 gramm shakar upasi
Kremiga:
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq tog'orachaga barcha quruq masalliqlarni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Muzdek sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz va unli massa bilan qo'lda yaxshilab ishqalaymiz,

Qadam 4
Tugallandi

Smetanaga iste'mol sodasini solib aralashtiramiz va unli aralashma ustidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yumshoqqina xamir qoramiz va xamirni 60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Danagi olingan olchalarni kraxmal bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tingan xamirni olib to'rtga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini 2 mm qalinlikda yoyib, har biridan uzun lentalar kesib chiqamiz.

Olchalarni xamir o'rtasidan uzunasiga zich qilib terib chiqamiz va ikkita tomonini yopishtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Aylanasi 18-20 sm li qolipga xamirlarni spiralsimon shaklda terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pishiriqlarni 190 C darajada qizigan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pishgan korjlarning issiqligida smetana surtib, shakar upasini surtib chiqamiz. Soviguniga qadar qoldiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Muzdek qaymoqni 1 daqiqa davomida yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Krem yeatlicha quyuq holatga kirishi lozim.

Qadam 13
Tugallandi

Tortni yig'amiz:

Tortning har bir korjiga krem surtib, ustma-ust yig'amiz.

Tortning chetlari va ustiga yaxshilab kremdan surtib chiqamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tortni 3-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
600 gramm un
250 gramm smetana
250 gramm sariyog'
180 gramm shakar
2 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq limon po'sti
900 gramm danagidan tozalangan olcha
50 gramm makkajo'xori kraxmali
Shimdirish uchun:
4 osh qoshiq smetana
40 gramm shakar upasi
Kremiga:
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Bodring va ko’katli salat
keyingi
Baqlajon va brinzali iliq salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.