fbpx
Falafel’ (no’xatli koptokchalar)

Falafel’ (no’xatli koptokchalar)

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Falafel’ — arablarning an’anaviy taomlaridan biri hisoblanib, qorinni uzoq vaqtgacha to’q tutishi va oqsilga boyligi bilan juda sevimlidir. 

Tishlaganda bunday koptokchalarning ichi yorqin yashil rangda ekanligiga guvoh bo’lasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 45 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm ivitilgan nut no'xati
80 gramm oq non
100 gramm qizil piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
20 gramm petrushka
20 gramm kashnich
4 osh qoshiq un
1 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qaylasiga:
200 gramm smetana
10 gramm yalpiz
Qadam 1
Tugallandi

Ko'katlar, sarimsoq piyoz va piyozni o'rtacha kattalikda to'g'raymiz. Nonni esa bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq tog'orachaga ivitilgan no'xat, piyoz, sarimsoq piyoz, ko'katlar, zanjabil va non bo'laklarini solamiz. Blenderda silliq holatga kirgunicha maydalab olamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un va qabartmani solamiz. Aralashtirib, koptokchalar yasab chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozon yoki chuqurroq tovaga yog' quyib qizdiramiz. So'ng 2-3 tadan falafellardan solib, tillarangga kirgunicha ikkala tomonidan qovurib olamiz. Bunga taxminan 4-6 daqiqa vaqt ketadi.

So'ng ularni qog'oz sochiq (salfetka) ustiga terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qaylasiga:

Yalpiz yaproqchalarini to'g'rab, smetana bilan aralashtirib olamiz va falafellar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm ivitilgan nut no'xati
80 gramm oq non
100 gramm qizil piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
20 gramm petrushka
20 gramm kashnich
4 osh qoshiq un
1 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qaylasiga:
200 gramm smetana
10 gramm yalpiz
oldingi
Yashil loviya bilan dimlab pishirilgan mol go’shti
keyingi
Videoretsept: yong’oq va dolchinli roll

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.