Qulupnay-shokoladli tart
Masalliqlar:
-
250 gramm qulupnay
-
150 gramm qora shokolad
-
150 gramm oq shokolad
-
200 millilitr yog'li qaymoq
-
Korjiga:
-
70 gramm muzdek sariyog'
-
150 gramm un
-
3 osh qoshiq kakao
-
5-10 osh qoshiq muzdek suv
Yo’nalishlar
Juda original va noodatiy ko’rinishli tartni bugun bizlar oq va qora shokoladdan tayyorlab ko’rdik.
Ustini esa mavsumga qarab, har xil mevalar bilan bezatish mumkin. Bizlar bugun qulupnaydan foydalandik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 55 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
250 gramm qulupnay | |
150 gramm qora shokolad | |
150 gramm oq shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
Korjiga: |
|
70 gramm muzdek sariyog' | |
150 gramm un | |
3 osh qoshiq kakao | |
5-10 osh qoshiq muzdek suv |
Korjiga:
Tog'orachaga un bilan kakaoni elab solamiz. Ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz va kukunsimon holatga kirgunicha qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz. Muzdek suv quyib, xamir qoramiz va uni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qolipga sariyog' surtib qo'yamiz. Tingan xamirni olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyamiz va qolipga to'shaymiz. Bir nechta joyini sanchiq bilan teshib, ustidan pergament qog'oz to'shaymiz. So'ng shu qog'oz ustida "yuk" qo'yamiz. Bunda no'xat yoki loviyadan foydalansak ham bo'ladi.
Pechga qo'yib, 180 C darajada 10 daqiqa, so'ng "yuk"ni qog'ozi bilan olib tashlab, yana 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Oq va qora shokoladlarni alohida-alohida suv bug'ida eritib olamiz. Har biriga 100 millilitrdan qaymoq solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Xamir ustidan qora shokoladli aralashmani quyamiz, ustidan esa oq shokoladlisini quyib, ustidan qoshiqi bilan har xil naqsh berishimiz mumkin. 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qulupnaylarni to'g'rab, sovigan tart ustidan terib chiqamiz. Shuningdek, tart ustidan yupqa to'g'ralgan bodomdan ham sepish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm qulupnay | |
150 gramm qora shokolad | |
150 gramm oq shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
Korjiga: |
|
70 gramm muzdek sariyog' | |
150 gramm un | |
3 osh qoshiq kakao | |
5-10 osh qoshiq muzdek suv |