Parhezbop xachapurilar

Parhezbop xachapurilar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali pishiriqlarni sevib iste’mol qilasiz, ammo to’g’ri ovqatlanish tartibiga amal qilasizmi? Unday bo’lsa hech ikkilanmasdan, mana bunday pishiriqlarimizdan tanovvul qiling.

To’g’ri mahsulotlardan tayyorlangan bunday xachapurilar juda tez tayyorlanib, qomatingizga ham umuman zarar keltirmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

200 gramm 5 % li tvorog
4 dona tuxum
2 osh qoshiq kefir yoki shakarsiz yogurt
100 gramm to'la don uni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga tvorog, ikkita tuxum oqi, yogurt yoki kefir, un va tuzni solib, xamir qorib olamiz. Tuxum sarig'larini chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pech patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va xamirdan ikkita qayiqchasimon shakllar yasab, ustiga qo'yib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

"Qayiqchalar"ning chetlariga tuxum sarig'idan surtib, o'rtasini sanchiq bilan teshib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishiriqlarni pechdan olib, ichiga pishloqdan sepamiz va tuxumlarni bittadan chaqib solamiz. Tuz va murch sepib, tuxumlar pishgunicha, taxminan, 10 daqiqa pechga qo'yib pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm 5 % li tvorog
4 dona tuxum
2 osh qoshiq kefir yoki shakarsiz yogurt
100 gramm to'la don uni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qulupnay-shokoladli tart
keyingi
Qulupnayli semifredo muzqaymog’i

Fikringiz