Videoretsept: yong’oqli gata
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
300 gramm un
-
180 gramm smetana
-
150 gramm sariyog'
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq shakar
-
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
Asosiga:
-
100 gramm un
-
100 gramm shakar
-
100 gramm sariyog'
-
100 gramm maydalangan yong'oq
-
15 gramm vanil shakari
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+suv
Yo’nalishlar
Armanlarning milliy shirinliklaridan sanalmish mayin ta’mli yong’oqli gata pishirig’idan tayyorlashni taklif qilamiz.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 gramm un | |
180 gramm smetana | |
150 gramm sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
Asosiga: |
|
100 gramm un | |
100 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm maydalangan yong'oq | |
15 gramm vanil shakari | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+suv |
Un bilan sariyog'da qo'lda yaxshilab shqalab olamiz.
Smetana shakar, tuz va iste'mol sodasini solib aralashtiramiz. So'ng un ustidan quyamiz.
Yumshoq va qo'lga yopishmaydigan silliq ko'rinishli xamir qorib olamiz. Yelim xaltaga solib, 15-20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosiga kerakli masalliqlarni barchasini aralashtirib olamiz.
Xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.
So'ng bir qavatini qolip yoki pech patnisiga olamiz.
Ustidan asosning hammasini solamiz.
Ikkinchi xamir bilan ustini yopamiz va chetlarini bir-biriga yopishtirib chiqamiz.
Sanchiq yordamida naqshlar chizib, bir nechta joyini nomiga teshib chiqamiz.
Tuxum sarig'ini surtib, 175-180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 gramm un | |
180 gramm smetana | |
150 gramm sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
Asosiga: |
|
100 gramm un | |
100 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm maydalangan yong'oq | |
15 gramm vanil shakari | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+suv |