fbpx
Fokachcha (italyancha non)

Fokachcha (italyancha non)

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Fokachcha – ichi va ustiga turli xil asoslar solinadigan, juda mazali italyancha non. Asos sifatida sabzavotlar, qo’ziqorinlar, pishloq, xushbo’y o’simliklar va dengiz mahsulotlaridan foydalansa bo’ladi.

Faqat fokachchaga ko’p zaytun yog’i quyilishi va ayamasdan dengiz tuzi qo’shish usuligina o’zgarmaydi.

Fokachcha uchun xamirni italyan oshxonasining taniqli bosh oshpazi, Jeymi Oliverning ustozi va do’sti – Jenaro Kontal’do retsepti bo’yicha pishiramiz.

 

Masalliqlar:

500 gramm un
7 gramm quruq xamirturush
325 millilitr suv
4 osh qoshiq zaytun moyi
bir chimdim tuz
6-8 dona pomidor cherry
8-10 dona zaytun mevasi
3 shoxcha rozmarin
Qadam 1
Tugallandi

Xamirturush sovuq suv bilan aralashtiriladi. To'g'ri, suv sovuq bo'lsa xamirning oshishi biroz qiyinlashadi, ammo bu nonga o'zgacha ta'm beradi.

Qadam 2
Tugallandi

Elab olingan unga tuz va bir osh qoshiq zaytun yog'i qo'shiladi.
So'ngra achitqi solingan suv quyilib, xamir qoriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir un sepilgan yuza yoki stol ustiga qo'yib 10 daqiqa davomida yaxshilab mushtlanadi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir usti oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopiladi va ustidan sochiq yopib qo'yiladi.
40 daqiqaga tindirishga qo'yiladi. Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga ko'tarilishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

To'rtburchak shakldagi gaz patnisi olinib, zaytun yog' surtiladi va ustidan bug'doy yormasi sepiladi.
Xamir patnis ustiga solinib, bir tekisda yoyiladi.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir ustining hamma joyi o'yib chiqiladi va qolgan zaytun yog'i sepiladi.
Ustiga o'rtasidan kesilgan pomidorchalar, zaytun va rozmarin bargchalari chiroyli terib chiqiladi.
Oshxona sochig'i issiq suvga botirib olinadi va pishiriq usti 45 daqiqaga yopib qo'yiladi.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra non ustiga yo'g'on dengiz tuzi sepiladi va 200 C darajagacha qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Pishgan non ustidan yana zaytun yog'i quyiladi va kesib tanovvul qilinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm un
7 gramm quruq xamirturush
325 millilitr suv
4 osh qoshiq zaytun moyi
bir chimdim tuz
6-8 dona pomidor cherry
8-10 dona zaytun mevasi
3 shoxcha rozmarin
oldingi
Videoretsept: suvda qaynatib pishirilgan xamirdan pishloqli bulochkalar (zavarniye bulochki)
keyingi
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: “Registon” salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.