Profitroli
Masalliqlar:
-
Xamiriga
-
125 millilitr suv
-
125 millilitr sut
-
100 gramm sariyog'
-
150 gramm un
-
5 gramm tuz
-
5 gramm shakar
-
4-5 ta tuxum
-
Kremiga
-
100 gramm sariyog'
-
70 gramm shakar upasi
-
300 gramm qaymoqli pishloq
-
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Yo’nalishlar
Profitroli – qaynatma xamirdan tayyorlaniladigan, ichi yumshoq kremli, aylana shakldagi ko’pchilik yoqtiradigan shirinlikdir.
Bu pishiriqni uy sharoitida pishirish umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Biz sizlarga hammabop bo’lgan qaynatib pishiriladigan xamir tayyorlash usulini taklif qilamiz – bu xamirdan profitroli, ekler va «Pari-brest» pishirig’i uchun aylanachalar ham tayyorlasa bo’ladi. Kremini esa o’z xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin. Biz bugungi kremimizni qaymoq-tvorogli pishloqdan tayyorlashga qaror qildik, chunki bu kremga har xil shakl bersa bo’ladi. Bunday pishloqlarning turi o’zimizning do’konlarda ham bisyor bo’lib, Filadelfiyada ishlab chiqarilganidan tortib, to o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotgacha topiladi. Ta’b va sharoitingizga qarab xohlaganingizdan tanlab olaverasiz!
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
125 millilitr suv | |
125 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
150 gramm un | |
5 gramm tuz | |
5 gramm shakar | |
4-5 ta tuxum | |
Kremiga |
|
100 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar upasi | |
300 gramm qaymoqli pishloq | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti |
Sirli idish yoki tovaga sut, suv, sariyog', tuz va shakar solib aralashtiriladi va qaynash darajasiga yetkaziladi.
Gaz plitasi ustidan olinadi va un solib silliq bo'lgunicha qoshiqda aralashtiriladi.
Yana gaz plitasi ustiga qo'yiladi va 2-3 daqiqa davomida qizdiriladi.
So'ng gazdan olinadi va biroz sovutiladi.
Alohida idishda tuxum ko'pirtiriladi va 2-3 qoshiqdan sutli aralashmaga solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi.
Tuxumni kamroq yoki ko'proq solish mumkin, bu xamirimiz holatiga bog'liq - qoshiqga solinganda osonlikcha oqib ketmasligi kerak.
Xamir pishiriq qopchasiga solinadi va 30 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
So'ng maxsus yog'langan qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga xamirlar siqib chiqariladi (o'rtasida yetarlicha joy qoldiring).
Krem
Yumshatilgan sariyog' ko'pirtiriladi va shakar upasi solib ko'pirtirishda davom etiladi.
So'ng vanil ekstrakti va qaymoq-tvorogli pishloq solib silliq holatga kirguncha aralashtiriladi.
Pishiriq qopchasi yordamida krem profitrolli ichiga quyib chiqiladi va qopqoqchasi ohista yopib qo'yiladi.
Ustidan shakar upasi sepib bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
125 millilitr suv | |
125 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
150 gramm un | |
5 gramm tuz | |
5 gramm shakar | |
4-5 ta tuxum | |
Kremiga |
|
100 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar upasi | |
300 gramm qaymoqli pishloq | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti |