fbpx
Mol go’shtidan tayyorlangan chashushuli

Mol go’shtidan tayyorlangan chashushuli

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Chashushuli — gruzincha milliy taomlardan biri bo’lib, mol go’shtidan tayyorlanib, pomidorli qayla bilan birga past olovda dimlab pishiriladi.

Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, unga suv solimaydi, bu esa o’z navbatida barcha masalliqlarining o’z ta’mini yorqinroq ochib berishiga sabab bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

700 gramm mol go'shti
400 gramm piyoz
500 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq adjika
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
yarim bog' kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga yog' solib qizdiramiz va o'rtacha kattalikda to'g'ralgan go'shtni solamiz. Suvi bug'lanib ketguncha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan parrak qilib to'g'ralgan piyozni solamiz. Yumshashi uchun ozroq tuz sepamiz. Piyoz yumshagandan so'ng olovni pasaytirib, qopqog'ini yopamiz va 15-20 daqiqa pishiramiz. Har zamon kovlab turamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng qirg'ichdan chiqarilgan pomidor, pomidor pastasi, mayda to'g'ralgan sarimsoq piyoz, paprika va adjikani solamiz. Qopqog'ini yopib, 40 daqiqa past olovda dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishishiga 10 daqiqa qolganda tuz va murch sepamiz, to'g'ralgan kashnichni ham solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700 gramm mol go'shti
400 gramm piyoz
500 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq adjika
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
yarim bog' kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Tayyor xamirdan pishirilgan piyozli qatlama
keyingi
Banan-qulupnayli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.