fbpx
Banan-qulupnayli tort

Banan-qulupnayli tort

Masalliqlar:

  • Korjiga:

  • Asosi va kremiga:

Yo’nalishlar

Sizlarga bugun ajoyib biskvitli tort retseptini taqdim etamiz. Bunday tortni oddiy kundalikda ham, bayram yoki tug’ilgan kunlarda ham pishirish mumkin.

Biskvitni bizlar aylanasi 18-20 sm kattalikdagi qolipda pishirdik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Korjiga:
4 ta tuxum
80 gramm 20% yog'li smetana
200 gramm shakar
250 gramm un
bir chimdim tuz
1.5 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosi va kremiga:
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
16 gramm qaymoq uchun quyuqlashtiruvchi zagustitel'
50 gramm shakar upasi
0.5 choy qoshiq vanil shakari
2 dona banan
100-200 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Korjiga:

Kattaroq idishga tuxum, shakar, vanil shakari va tuzni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mikser yordamida 3 hissa kattalashguniga qadar ko'pirtirib olamiz. O'rtacha tezlikda taxminan 10 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Smetanani solamiz, tezligini kamaytirib, yana ozroq ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga un va qabartmani elab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Unni oz-ozdan tuxumli massaga solib, lopatka yordamida aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipning chetlariga sariyog' surtib, ozroq un sepamiz. Ostiga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Quyuq xamirni qolipga quyamiz.

180 C darajada qizigan pechda biskvitni 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishirish jarayonida pechni ochib ko'rish mumkin emas, aks holda biskvit ko'tarilmay qoladi.

40 daqiqadan so'ng gugurt cho'p yordamida tekshirib ko'ramiz. Agar quruq chiqsa, demak pishgan hisoblanadi. Pishgan biskvitni pechni ochiq qoldirib, 10 daqiqa sovutamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Biskvitni qolipidan ajratib, 10 daqiqa pech panjarasida sovutib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Biskvitni ko'ndalangiga teng ikkiga bo'lib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kremi:

Idishga qaymoqni quyib, 1-2 daqiqa yuqori bo'lmagan tezlikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ng shakar upasi va vanil shakarini sepib, yana 1 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Qaymoqqa mo'ljallangan quyultirgichni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Krem o'z shaklini ushlab turishi, oqib ketmasligi lozim.

Qadam 13
Tugallandi

Qulupnay va bananlarni yupqa qilib to'g'raymiz, ustini bezatish uchun bir nechta qulupnaydan olib qo'yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Biskvitning birinchi qavatiga krem surtib chiqamiz. Kesilgan mevalarni teramiz. Ikkinchi qavat biskvitni qo'yib, usti va chetlariga krem surtamiz.

Ustini ikkiga bo'lingan qulupnaylar va krem bilan bezatamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Bayramona tort tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Korjiga:
4 ta tuxum
80 gramm 20% yog'li smetana
200 gramm shakar
250 gramm un
bir chimdim tuz
1.5 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosi va kremiga:
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
16 gramm qaymoq uchun quyuqlashtiruvchi zagustitel'
50 gramm shakar upasi
0.5 choy qoshiq vanil shakari
2 dona banan
100-200 gramm qulupnay
oldingi
Mol go’shtidan tayyorlangan chashushuli
keyingi
Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.