fbpx
Pomidor va feta pishlog’i bilan pishirilgan guruch

Pomidor va feta pishlog’i bilan pishirilgan guruch

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Garnirlarni xilma-xil pishirishni xohlovchilar uchun bugun feta pishlog’i va pomidor solib tayyorlangan guruch retseptini taqdim etamiz.

Bunday yegulik issiqligida ham, sovigandan so’ng ham birdek lazzatlidir, shu sabab ham uni bemalol oldindan tayyorlab qo’yishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm "basmati" nomli guruch yoki oddiy guruch
bir nechta pomidor cherry
150 gramm feta pishlog'i
Aralashmasiga:
50 millilitr zaytun moyi
1 osh qoshiq quritilgan rayhon
1 osh qoshiq oregano
1 choy qoshiq tuz
yarimta limon po'sti faqat sariq rangli qismi
Qadam 1
Tugallandi

Guruchni yuvamiz va tuzli suvga solib, 15 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Guruchni boshqa idishga olib, 10-15 daqiqa davomida sovutamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Cherri pomidorlarini ikkiga bo'lamiz, feta pishlog'ini esa mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aralashmasga mo'ljallangan barcha masalliqlarni bitta idishga solib, aralashtirib olamiz.

Sovigan guruch ustidan quyib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloq va pomidorlarni solib, yana bir marta aralashtirib olamiz.

Mazali garnir tayyor!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm "basmati" nomli guruch yoki oddiy guruch
bir nechta pomidor cherry
150 gramm feta pishlog'i
Aralashmasiga:
50 millilitr zaytun moyi
1 osh qoshiq quritilgan rayhon
1 osh qoshiq oregano
1 choy qoshiq tuz
yarimta limon po'sti faqat sariq rangli qismi
oldingi
Beze va yong’oqli pechenyelar
keyingi
Burgundcha usulda pishirilgan go’sht

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.