fbpx
Beze va yong’oqli pechenyelar

Beze va yong’oqli pechenyelar

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mazali va mayin ta’mga ega bo’lgan, beze va yong’oqli mag’zi esa og’izda erib ketadigan pechenyelar retsepti bilan tanishib oling.

Muhim! Xamir yumshoqina qorilishi muhim ahamiyatga ega.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm margarin yoki sariyog'
450 gramm un
150 gramm smetana
1 choy qoshiq qabartma
3 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
0.5 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
3 ta tuxum oqi
180 gramm shakar
bezatish uchun shakar upasi
100 gramm maydalangan yong'oq
100 gramm mayiz
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxum sarig'i, smetana, tuz va vanil shakarini solib, venchikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga un va qabartmani solib, aralashtiramiz. Margarin yoki sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Quruq massaga suyuq aralashmani solamiz va yumshoq xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirdan yong'oq kattaligidek aylana shaklchalar yasaymiz va 20 daqiqa muzlatgich yoki 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz

Tuxum oqini shakar bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Maydalangan yong'oq va mayizni solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovutgichdan xamirlarni olamiz.

Har birini aylanasi 10 sm kattalikda yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir bo'lakchalarining o'rtasiga 2 choy qoshiqdan asosdan solib chiqamiz.

So'ng xamirlarni ikki buklab, yana ikkiga bukamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga terib, 160 C darajada qizigan pechda 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenyelarni sovutib, ustidan shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm margarin yoki sariyog'
450 gramm un
150 gramm smetana
1 choy qoshiq qabartma
3 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
0.5 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
3 ta tuxum oqi
180 gramm shakar
bezatish uchun shakar upasi
100 gramm maydalangan yong'oq
100 gramm mayiz
oldingi
«Foydali» salati
keyingi
Pomidor va feta pishlog’i bilan pishirilgan guruch

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.