Videoretsept: Go’shtli non
Masalliqlar:
-
1 o'ram tayyor oshirma xamir
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 bosh piyoz
-
1 choy qoshiq zira
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Go’shtli non tez tayyorlaniladigan, mazali va juda to’yimli yeguliklardan biridir.
500 grammli tayyor xamirdan ikkita o’rtacha kattalikdagi nonlar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor oshirma xamir | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamirni qadog'idan ajratib olamiz.
Ustini sochiq bilan yopib, 30-40 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.
Xamir yumshagunga qadar asosini tayyorlab olamiz.
Buning uchun piyozni to'rtga bo'lib, yupqa qilib to'g'raymiz. Qiyma bilan aralashtirib, tuz, murch va zira sepamiz. Aralashtirib olamiz.
Oshgan xamirni teng ikkiga bo'lamiz.
Har bir xamirni 3 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Xamirning ⅔ qismiga qiymaning yarmini solamiz va ruletsimon shaklda o'rab olamiz.
Qiyma tegmagan chetki xamirdan esa 12 ta uzunchoq lentasimon shaklda kesib chiqamiz va ulardan 4 ta soch o'rami hosil qilamiz. Xuddi sochni o'rgandek xamirni ham o'raymiz.
Xamirni oxirigacha ruletsimon shaklda o'rab, aylana shaklga kiritamiz.
Xamirlarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga olamiz.
Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor oshirma xamir | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |